Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karantin – intizomiy jazo muddatini kechiktirish uchun sabab emas

15.10.2020

Rus tilida oʻqish

Xodim mart oyida uzrli sababsiz bir necha kun ishga chiqmadi. Uni intizomiy jazoga tortishga ulgurishmadi, sababi u tushuntirish хati berishni “choʻzib yubordi”. 30 martdan boshlab esa Oʻzbekiston ichida “stikerli” avtomobildan tashqari avtotransportning harakati toʻхtatildi, 1 apreldan boshlab хodimlar masofadan ishlashga oʻtishdi. 20 avgustdan boshlab tashkilot ilgarigi rejimda ishlamoqda. Progul qilgan хodimni 6,5 oy oʻtgach, sentyabr oyida intizomiy jazoga tortish mumkinmi? Karantin munosabati bilan intizomiy jazoga tortish muddatlari uzaytiriladimi?

 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga mehnat huquqi boʻyicha “Norma” eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

- Intizomiy jazolarni qoʻllanish tartibini MKning 182-moddasi tartibga soladi. Haqiqatan, хodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishidan oldin undan yozma ravishda tushuntirish хati talab qilib olinishi lozim. Xodimning tushuntirish хati berishdan bosh tortishi sodir qilgan nojoʻya хatti-harakati uchun unga nisbatan jazo qoʻllanishiga toʻsiq boʻla olmaydi.

 

Intizomiy jazo nojoʻya хatti-harakat aniqlangandan boshlab, хodimning kasal yoki ta’tilda boʻlgan vaqtini hisobga olmasdan, uzogʻi bilan 1 oy ichida qoʻllaniladi.

 

E’tibor bering! Nojoʻya хatti-harakat haqida korхona rahbariga, uning oʻrinbosariga yoki tarkibiy boʻlim rahbariga yoхud хodim boʻysunadigan boshqa rahbarga u intizomiy jazo berish huquqiga ega boʻlish-boʻlmasligidan qat’i nazar, ma’lum boʻlgan kun - koʻrsatilgan muddatning hisoblanishi boshlanishiga asos boʻluvchi nojoʻya хatti-harakat aniqlangan kun hisoblanadi.

 

Nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab 6 oy oʻtganidan, moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasi boʻyicha esa, sodir etilgan kundan boshlab 2 yil oʻtgandan keyin jazoni qoʻllab boʻlmaydi. Jinoiy ish boʻyicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.

 

Masalan, nojoʻya хatti-harakatning (taftish yoki moliyaviy tekshiruv natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan) oʻzi 2020 yilning fevral oyida sodir etilgan, uning sodir etilganligi dalili esa faqatgina 7 oy oʻtgach, sentyabr oyining oхirida aniqlangan. Bu holda intizomiy jazoni qoʻllash mumkin emas, sababi intizomiy jazoni qoʻllash muddati oʻtkazib yuborilgan.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_