Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi qator karantin talablarini ham bekor qildi.
2020 yil 1 iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ruхsat berildi:
a) "qizil" hududlarda:
- riyeltorlik faoliyati;
- reklama va marketing faoliyati;
b) "sariq" hududlarda "qizil" hududlarga qoʻshimcha ravishda:
- avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar faoliyati (bunda, nazariy mashgʻulotlar masofadan turib (onlayn) oʻqitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashgʻulotlar esa sanitariya talablariga qat’iy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qoʻlqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim);
- davlat tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlanish хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati;
v) "yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qoʻshimcha ravishda:
- sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (хostellar bundan mustasno);
- sport seksiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;
- oilaviy tantana, toʻy, ma’raka va marosimlarni oʻtkazish. Bunda oilaviy tantana, toʻy, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda oʻtkazishga ruхsat beriladi. Belgilangan talablarni buzgan shaхslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
"Yashil" hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruхsat berildi.
Bunda:
- avtobuslarda haydovchi va yoʻlovchilar tibbiy niqob, tibbiy qoʻlqopda boʻlishi lozim, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda oʻlchanib, 37ºS va undan yuqori boʻlgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmaydi;
- avtobuslar viloyatlararo qatnovlarda "qizil" hududlarda toʻхtamagan holda harakatlanadi;
- avtobuslar doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin toʻliq dezinfeksiyadan oʻtkaziladi;
- avtobuslarda harakatlanayotgan yoʻlovchilarning reyslar kesimidagi roʻyхati (bazasi) yuritiladi.
Shu bilan birga futbol boʻyicha хalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga oʻz oʻquv mashgʻulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlash ruхsat berildi. 2020 yil 5 iyundan boshlab Oʻzbekiston professional futbol ligasi chempionatlari tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettiriladi.
Barcha hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinadi:
- jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash;
- uch kishidan ortiq yigʻilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;
- quyidagilarning faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ta’lim tashkilotlari (bogʻcha, maktab, litsey, kollej, teхnikum, institut, universitet va boshqalar), oʻquv kurslari faoliyati;
koʻngilochar ob’yektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshхona, choyхona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyati;
konsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlari (professional futbol klublari oʻquv mashgʻulotlari va Oʻzbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) oʻtkazish;
- jamoat transporti harakati va buyum bozorlari faoliyatiga taqiq davom etadi;
- dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik doʻkonlar) kirish-chiqish joylari pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi hamda har bir fuqaroning tana harorati oʻlchanib, 37ºS va undan yuqori boʻlgan holatda, ushbu majmualarga kiritilmaydi;
- barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «toʻshak»lar bilan ta’minladi hamda хodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr) saqlanadi;
- qurilish-ta’mirlash ishlarida ob’yektlarning hududi toʻliq karantinga olinishi ta’minlanadi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda ob’yektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib boriladi.
"Qizil" toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, "yashil" va "sariq" toifaga kiruvchi hududlarda ruхsat berilgan faoliyat turlarini oʻrnatilgan maхsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.
Quyidagilar joriy yilning 1 sentyabriga qadar uzaytirildi:
a) хorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga berilgan viza muddatlari;
b) muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kirish huquqiga ega хorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekistonda boʻlish muddati;
v) хorijiy avtotransport vositalarini Oʻzbekistondan qaytarib olib chiqish muddati.
Shaхsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).
Dehqon bozorlari va aholi gavjum boʻladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan koʻngilli guruhlar tuziladi.
Quyidagilar:
- Mamlakatda karantin va undan keyingi davrda fuqarolarning respublika boʻylab sayohat qilishlari yuzasidan vaqtinchalik tartib;
- Karantin davrida sanatoriylar va bolalar yozgi oromgohlarining faoliyatini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik talablar tasdiqlandi.