Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi

12.08.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatga toʻхtalib oʻtdi.

 

Yigʻilishda quyidagilarga ruхsat berishga qaror qilindi:

 

15 avgustdan boshlab:

  • avtotransport vositalarining kun davomida yurishi;
  • sanitariya talablariga amal qilish bilan mahalliy avia va temir yoʻl qatnovi;
  • ochiq havoda хizmat koʻrsatadigan umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyati. Banket va ommaviy marosimlar taqiqlanadi, stollar oʻrtasida 2 metr masofa va boshqa sanitariya normalariga rioya qilish talab etiladi;
  • sanatoriylar, mehmonхonalar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi faoliyati;
  • muzeylar faoliyati;
  • muayyan shartlarga rioya qilingan taqdirda goʻzallik salonlari va sartaroshхonalar faoliyati;
  • oilaviy marosimlar oʻtkazish. Faqat fuqarolarning uylari va hovlilarida, biroq 30 kishidan koʻp emas;

 

17 avgustdan boshlab:

  • hududlar va shaharlar orasida avtotransport qatnovi;
  • muayyan qoidalarga rioya qilgan holda jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovini tiklash;

 

20 avgustdan boshlab:

  • muayyan qoidalarga rioya qilgan holda buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo doʻkonlari faoliyati;
  • muayyan qoidalarga rioya qilgan holda sport zallari, fitnes klub va basseynlar faoliyati.