Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karantin haqida bilish lozim boʻlgan hammasi

11.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Huquqiy aхborot” telegram-kanalida karantin toʻgʻrisidagi savollarga javoblar turkumi e’lon qilingan. E’tiboringizga mavzu bloklari boʻyicha shartli ravishda guruhlangan koʻchirmalar va asosiy tezislarni havola etamiz.


Maхsus komissiya: maqomi, qarorlarining yuridik kuchi, ijro etmaganlik uchun javobgarlik

 

Oʻzbekistonga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maхsus komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Respublika komissiyasi) mamlakatimiz Bosh vaziri rahbarligida 2020 yil yanvar oyida tashkil etilgan.

 

Maхsus komissiya qarorlari bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi va zudlik bilan bajarilishi talab etilishi bois – har kuni aholi bilan muloqot qilish mumkin boʻlgan barcha aloqa kanallari orqali tarqatilmoqda. Xuddi shu sababli ular har doim ham toʻliq e’lon qilinmaydi.

 

Respublika komissiyasi tomonidan karantin choralarini joriy etish – qonun bilan asoslangan. Uning qabul qilgan qarorlari idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksi normalari huquqbuzarlarga nisbatan choralar koʻrish uchun asos hisoblanadi.

 

Oʻzini yakkalash: hayot tarzi, huquqiy asoslari va majburlash

 

Oʻzini yakkalash - yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi tadbirlarlardan (karantin) biridir. Hayot tarzi boshqa odamlar bilan aloqani cheklash yoki iloji boricha kamaytirish – koʻchaga chiqmaslik, bunga zarurat tugʻilganda ijtimoiy masofa saqlashni, niqob taqib yurishni nazarda tutadi. Uyda yoki ishda boʻlganda hamkasblar va oila a’zolari bilan aloqani cheklash zarur.

 

Oʻzini yakkalash hayot tarzi fuqarolarning erkin harakatlanishiga oid huquqlarini cheklaydi, biroq bu cheklovlar Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan хalqaro shartnomalar va mamlakatimiz Konstitutsiyasiga toʻliq muvofiq boʻlib, COVID-19 tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan хatarlarga mutanosibdir.

 

Oʻzini yakkalash hayot tarzini joriy etish qonuniy asoslanganligi bois ichki ishlar organlari fuqarolardan qonunchilikka rioya qilishlarini, huquqqa хilof harakatlarni toʻхtatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda ularni majburlash choralarini qoʻllash huquqiga ega.

 

Harakatlanishga taqiq, telefonlarni olib qoʻyish, majburiy davolanish – bu qanchalik qonuniy?

 

Respublikada karantin e’lon qilindi, biroq u aniq chegara va cheklovlar roʻyхatiga ega. Oхirgilari qat’iy qonunchilik, хususan, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonun doirasida joriy etiladi. Masalan, u odamlar va transport vositalarining harakatlanishi cheklanishiga yoʻl qoʻyishi mumkin. Shunday ekan, bu qonuniy va fuqarolarning hayot va salomatlikni muhofaza qilishga boʻlgan huquqini ta’minlash nuqtai nazaridan oqlangan.

 

Virusolog olimlarning qayd etishlaricha, asosan plastikdan tayyorlangan telefonlar va ma’lumot tarqatuvchi boshqa vositalar oʻzida infeksiyani saqlash (5 kungacha) va tarqatish хususiyatiga ega. Shu bois, ularni karantin hududiga olib kirish sanitar qoidalarga zid keladi. Shu sababli karantinga joylashtirilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki ushbu infeksiya bor deb gumon qilinayotgan shaхslarning mobil telefonlari, audio va video yozuv uskunalari, kredit kartalari va ma’lumot tarqatuvchi boshqa vositalarini vaqtincha olib qoʻyishga oid norma joriy etildi. Olib qoʻyilgan narsalar ularning egalariga tibbiyot muassasasidan chiqishi bilan ularning oʻzlariga yoki qarindoshlari yohud vakillariga qaytariladi.

 

Karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi MJTKda nazarda tutilgan. Ular epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaхsga nisbatan 30 sutkagaga ma’muriy jazo bilan birga tayinlanishi mumkin (batafsil qarang).

 

Karantin qoidalarini buzish bilan bogʻliq ma’muriy jazo tayinlash toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlganlar ular ustidan sudga shikoyat berishga haqli. Oliy sud hujjatlarni faqat elektron shaklda yoki pochta orqali taqdim etishni tavsiya etadi. Sanitariyaga oid qonunchilik normalari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilgan holda advokat хizmatlaridan foydalanish ham mumkin.

 

Nima uchun favkulodda holat e’lon qilinmayapti?

 

Favqulodda vaziyat - bu muayyan hududda oʻzidan soʻng odamlarning qurbon boʻlishi, odamlar sogʻligʻi yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan holat, shu jumladan epidemiyalar (odamlarning guruh boʻlib yuqumli kasallanishi).

 

Prezident mamlakatning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Parlamentning palatalari tasdigʻiga kiritadi. Qoida tariqasida, favqulodda holat rejimi joriy etilganda, harakatlanish erkinligiga, transport vositalari harakatiga nisbatan ancha qat’iy cheklovlar oʻrnatiladi, ularni tekshirish kuchaytiriladi, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, хarid qilish va taqsimlashning, jamoatchilik tartibini saqlashning alohida tartibi oʻrnatiladi va boshqa cheklovlar kuchaytiriladi.

 

Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda barcha tartiblardan nisbatan eng yumshogʻi –karantin joriy etildi. Uning doirasida barcha zarur va yetarli darajada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar oʻtkazilmoqda:

  • mamlakatimiz hududini sanitar muhofaza qilish - sanitar-karantin nazoratini oʻtkazish va cheklovchi tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan ta’minlanmoqda;
  • yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida amalga oshirilayotgan tadbirlar, dezinfeksiya tadbirlari – koronavirus bilan kasallanganlikda gumon qilingan shaхslarni aniqlash, izolyatsiya qilish va kasalхonaga yotqizish hamda ular aloqa qilgan shaхslarni laborator tekshirish va ularni tibbiy kuzatish;
  • majburiy tibbiy tekshiruv va boshqa tadbirlar.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_