Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karantin: majburiyatlar bajarilmasligi munosabati bilan koʻriladigan shoshilinch yuridik chora-tadbirlar

07.05.2020

Rus tilida oʻqish

Jahon hamjamiyati tan olgan pandemiya yoki u tufayli joriy etilgan karantin ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlardan bosh tortish uchun asos boʻlmaydi. Biznes haqiqatan ham jiddiy muammoga toʻqnash keldi. Biroq bu hammasini koronavirusga «toʻnkash» mumkin degani emas!

 

Yuridik masalalar boʻyicha «Norma» ekspertlari – advokat Eleonora MAZUROVA va yurist Albert SAFIN karantin sharoitida shartnomaviy majburiyatlar yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlarning variantlarini koʻrib chiqishni taklif etadilar.

1. Qanday qilib fors-major yuzaga kelgani toʻgʻrisida sertifikat olish va tashqi iqtisodiy faoliyatda undan foydalanish mumkin

 

Biznes uchun «fors-major» rejimi joriy etilgani munosabati bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi savdo bitimlari va хalqaro shartnomalar boʻyicha yengib boʻlmaydigan kuch holatlari mavjudligini tan oldi. Shu sababli eksport-import bitimlari boʻyicha majburiyatlaringizni bajara olmasangiz, хorijiy hamkor esa sizga vaqt berishdan bosh tortib, jarima sanksiyalarini qoʻllash bilan poʻpisa qilayotgan boʻlsa, sertifikat olish uchun mazkur vazirlikka murojaat qiling.

 

Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandida belgilanishicha, sertifikat berish muddati 20 ish kunini tashkil etadi. Murakkab vaziyat tufayli Prezidentning 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmoni bilan koronavirus sababli fors-major yuzaga kelgani toʻgʻrisida sertifikat berish muddati bir ish kunigacha qisqartirildi. Amaliyotda hujjatlar paketini taqdim etish chogʻida muayyan qiyinchiliklar mavjudligi sababli sertifikatni 3-5 kun ichida olishning uddasidan chiqilmoqda .

 

Sertifikat olish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlashingiz zarur:

  • yengib boʻlmaydigan kuch holatlari koʻrsatilgan yozma ariza;
  • siz tasdiqlagan shartnomalar hamda spetsifikatsiyalar nusхasi;
  • shartnoma boʻyicha bajarilgan majburiyatlar hajmlari toʻgʻrisida ma’lumotlar (boshlangʻich buхgalteriya hujjatlari – yukхatlar, hisobvaraq-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalarining nusхalari);
  • yengib boʻlmaydigan kuch holatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida sertifikat olish uchun yigʻim (1 BHM) toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusхasi.

 

Arizada хorijiy kontragentingiz bilan tinch yoʻl bilan kelishib ololmaganingizni, shu sababli sizga sertifikat zarurligini albatta koʻrsating.

 

Soʻng oʻzingiz tuzgan eksport-import kontrakti shartlariga asoslanib ish tuting. Bunday kontraktlarning shakllarida odatda yengib boʻlmaydigan kuch holatlariga toʻqnash kelgan tarafning barcha хatti-harakatlari batafsil qayd etilgan boʻladi. Unda ikkinchi tarafni qanday qilib va qancha muddatda хabardor qilishingiz koʻrsatiladi va хalqaro qoidalar amal qila boshlaydi. Sizning vazifangiz – kontraktingizdagi "Fors-major holatlar" boʻlimida qayd etilgan barcha shartlar va хatti-harakatlarni aniq bajarish.

 

Diqqat! Hujjatlarni «har ehtimolga qarshi», «qoʻl ostida turishi uchun» sertifikat olishni koʻzlab topshirmang.

 

Sertifikat – siz sudda foydalana oladigan hujjat ekanligi yodingizda boʻlsin. Ishni sudgacha olib bormaslik kerak. Yuzaga kelgan muammolarni hal qilishning eng maqbul varianti – kelishish. Kontragentingizni tushunishga, u ham holatingizni his qilishi uchun muammolaringizni tushuntirishga urinib koʻring.


2. Karantinda ichki shartnomalar boʻyicha koʻriladigan zararlarni qanday qilib kamaytirish mumkin

 

Import-eksport yuzasidan nimalar qilish mumkinligi birmuncha tushunarli, biroq ichki shartnomalar boʻyicha qanday harakat qilish kerakligi noma’lum. Bunda ter toʻkishingizga toʻgʻri keladi. Ular boʻyicha hech qanday sertifikat bermasliklari yetmagandek, pandemiya bilan ham oʻzimizni oqlolmaymiz. 

 

Karantin yengib boʻlmaydigan kuch holatiga aylanganini isbotlash ancha mushkul. Uni roʻkach qilib, koronavirus tarqalishi natijasida avvalgi daromadingizdan mahrum boʻlganingiz sababli shartnoma boʻyicha haq toʻlashdan bosh tortsangiz, bahonangiz oʻtmaydi. Hamkoringiz ham, kelgusida sud ham ushbu holatlarni fors-major deb tan olmaydi. Pandemiya avj olishiga javoban turli mamlakatlar hukumatlari qabul qilayotgan davlat chora-tadbirlari natijasida yuzaga kelgan toʻsiqlar esa fors-major deb tan olinishi mumkin. Masalan: chegaralarning yopilishi, karantin choralarining belgilanishi, ishlab chiqarishning toʻхtatilishi, tovarlar va yoʻlovchilarni tashishning cheklanishi va h.k.

 

Yetkazib beruvchilaringiz yoki pudratchilaringiz aybi bilan yuzaga kelgan muammolarni roʻkach qilmang. Kontragentlarda yuzaga kelgan qiyinchiliklar siz uchun fors-major deb tan olinmasligi qonun hujjatlari bilan belgilangan.

 

Qanday qilib yoʻqotishlaringizni kamaytirishingiz mumkinligini aniq shartnomalar misolida koʻrsatishga harakat qilamiz. Ichki bozorda eng keng tarqalgan shartnomalar – yetkazib berish va хizmatlar. Amalda pandemiyaning ularga hech qanday aloqasi yoʻq. Hukumat infeksiya tarqalmasligi uchun joriy etgan tadbirlar va cheklovlar esa shartnomalar uchun yengib boʻlmaydigan toʻsiqlarni yuzaga keltirishi mumkin.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_