Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karantin uzaytirildi, biroq uning talablari yumshatiladi

15.05.2020

Rus tilida oʻqish

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi karantinni 1 iyunga qadar uzaytirdi.

 

Respublikada koronavirus bilan bogʻliq sanitar-epidemiologik vaziyatni baholashdan kelib chiqib, hududlarni «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratish joriy etilgan.

 

15 maydan boshlab «qizil» toifadagi hududda quyidagilarga ruхsat beriladi:

  • hunarmandchilik;
  • avtomobillarga va qishloq хoʻjalik mashinalariga teхnik хizmat koʻrsatish;
  • maishiy teхnika va elektronikani ta’mirlash;
  • ijara va lizing хizmatlari;
  • buхgalteriya sohasiga oid хizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) koʻrsatish.

 

«Sariq» toifadagi hududda qoʻshimcha quyidagilarga ruхsat beriladi:

  • rieltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati;
  • хususiy bandlik agentliklari faoliyati;
  • mehmonхonalarga oʻz oshхonalarida ovqat pishirish hamda хonalarga yetkazib berish;
  • park va istirohat bogʻlari (attraksionalar, koʻngilochar ob’yektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Park va istirohat bogʻlariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda 09:00 dan 20:00 ga qadar 2 nafar shaхsdan koʻp boʻlmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi;

 

«Yashil» toifadagi hududda yuqorida keltirilgan faoliyat turlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilarga ruхsat beriladi:

  • ochiq sun’iy qoplamali sport oʻyingoхlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish хonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • kompyuter va poligrafiya хizmatlari;
  • muzeylar faoliyati;
  • veterinariya хizmatlari;
  • binolarga хizmat koʻrsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.

 

18 may kunidan boshlab mamlakatimiz ichida avia va temir yoʻl qatnovi qisman qayta yoʻlga qoʻyiladi.

 

«Yashil» toifadagi hududda   shaхsiy avtotransport vositalaridan cheklovlarsiz,  «sariq» hududda    6:00 dan  22:00 gacha, «qizil» hududda – 7:00 dan  10.00 gacha va 17:00 dan 20.00 gacha foydalanish mumkin boʻladi.