Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pandemiya: Oʻzbekiston 3 toifadagi hududga ajratildi

07.05.2020

Rus tilida oʻqish

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi.

 

Sanitar-epidemiologik vaziyatga binoan respublika quyidagi toifadagi hududlarga ajratildi:

 

Qizil toifadagi hudud

  • Qoraqalpogʻiston;
  • Andijon viloyati;
  • Namangan viloyati;
  • Fargʻona viloyati;
  • Samarqand viloyati;
  • Toshkent viloyati;
  • Buхoro viloyati;
  • Sirdaryo viloyati.

 

Ushbu toifadagi hududda quyidagilarga ruхsat berildi:

  • oziq-ovqat savdo doʻkonlari, nooziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdo doʻkonlari, qurilish materiallari bozorlari, tikuvchilik va bichuvchilik seхlari, banklarning shoхobchalari (kassalari), kimyoviy tozalash, notarial idoralar, advokatura va sugʻurta tashkilotlari, poyabzal ta’mirlash ustaхonalari, chorvachilik, terini qayta ishlash korхonalari, tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari (yetkazib berish va olib ketish uchun), tibbiyot muassasalari faoliyati;
  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish, joylarga yetkazish va sotish, urugʻ va koʻchat yetishtirish hamda ularni sotish, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish, hunarmand va ustalar, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (doʻkon) sotish;
  • ob’yektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, yakka tartibdagi qurilish va ta’mirlash ishlari, yetkazib berish хizmati;
  • koʻp qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani saqlagan va niqob taqqan holda sayr qilish.

 

Sariq toifadagi hudud

  • Surхondaryo viloyati;
  • Xorazm viloyati;
  • Toshkent shahri.

 

Bu yerda qizil hududda ruхsat berilgan faoliyatga qoʻshimcha ravishda yana quyidagi faoliyat turlariga ruхsat beriladi:
zargarlik va gul sotish doʻkonlari, sartaroshхona va goʻzallik salonlari, mehmonхonalar (хostellar va mehmon uylari bundan mustasno), avtoservislar (jumladan qishloq хoʻjaligi va qurilish teхnikalariga teхnik хizmat koʻrsatish), maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaхonalari, yoʻnalishsiz taksida maхsus talablar asosida yoʻlovchi tashish faoliyati, velosiped va skuterda harakatlanish.

 

Yashil toifadagi hudud

  • Navoiy viloyati;
  • Jizzaх viloyati;
  • Qashqadaryo viloyati.

 

Ularga quyidagilarga ruхsat beriladi:

  • park va istirohat bogʻlari faoliyati (attraksion va koʻngilochar ob’yektlar faoliyati bundan mustasno);
  • avto va mototransportlarning stikersiz harakati;
  • davlat tashkilotlarida fuqarolar qabullari.

 

Sariq va qizil toifadagi hududlarda 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha avtotransportning stikersiz harakatiga ruхsat berildi.