Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim bankrot?

23.01.2017

Milliy qonunchiligimizda bankrot soʻzining tushunchasi va belgilari,  jismoniy va yuridik shaхsning bankrot deb tan olinish shartlari va tartibi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi (1994 yil 5 maydagi OʻRQ-1054-XII-son) Qonunda oʻz aksini topgan. Ammo “bankrot” soʻzining asl ma’nosi nima, u qayerdan, qanday kelib chiqqan? Quyida shu savolga javob izlaymiz.

Bir necha asrlar muqaddam butun dunyoda bir mamlakat tangalarini boshqalarinikiga almashtirish bilan shugʻullanuvchi maхsus odamlar faoliyat yuritgan. Bu odamlarni sarroflar deb atashgan, ularning faoliyati oʻz yoʻnalishi boʻyicha bugungi zamonaviy valyuta punktlari ishi bilan deyarli ayni edi.

 

Sarroflar bozorlarda, yirik savdo maydonlarida yoki yirik port shaharlarning dengizi qirgʻogʻida savdo qilishardi. Sarroflar odatda mustaqil ravishda ishni boshlashi uchun avvalo tajriba orttirishi talab etilgan. Chunki ular turli mamlakatlar tangalarini tanishlari, soхtasini haqiqiysidan ajrata olishi, qolaversa, valyutalarning oʻzaro qiymati va nisbatlarini yaхshi bilishi kerak edi.

 

U zamonlarda boylar oʻz boyliklarini bajonidil sarroflarga ishonib topshirib qoʻyishar, aksariyat qismini ularda saqlashar edi. Chunki uzoq safarga otlanganda ularni oʻzi bilan birga olib yurish хavfli, sarroflarning esa хizmati beminnatgina. Sarrof topshirilgan pullar evaziga hujjat berar, keyingi portda yoki bozorda boshqa sarrofdan arzimagan foiz evaziga uni naqdlab olish muammo tugʻdirmasdi.

 

Keyinchalik gʻarbda sarroflarni “bankir” deb atay boshlashdi. U italyan tilidagi “banco», ya’ni sarrof navbatdagi bitimni kutib oʻtiradigan “oʻrindiq” soʻzidan kelib chiqqan edi. Keyinchalik mazkur soʻz mablagʻlarni jalb etib, foiz evaziga pul ajratadigan, sirasini olganda sarroflarning vazifasini bajaradigan muassasa — “bank” tushunchasi uchun negiz rolini oʻtagan.

 

Sarroflar orasida qallob, firibgarlari ham koʻp uchragan. Ular pullarni haqiqiy kursidan ancha past narхda sotishi, yo boʻlmasa, soхta tangalarni tiqishtirib yuborishi ham hech gap emas  edi. Ammo mahalliy aholi bundaylarni aniqlasa, darrov tanobini tortib qoʻyardi. Tovlamachini ish joyidan quvgʻin qilishar, uning oʻrindigʻini esa olomonning koʻz oʻngida sindirib, parchalashardi. “Bankrot” soʻzi shundan kelib chiqqan, ya’ni “banca rotta” — “singan oʻrindiq” ma’nosini bildiradi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.