Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qanday «bolalar kontenti» uchun soliq imtiyozlarini olish mumkin Alohida turdagi operatsiyalar boʻyicha zararlarni qanday qilib koʻchirish va soliq hisobotida aks ettirish kerak Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning boʻnak toʻlovlarini qanday toʻlash kerak

Konstitutsiya kuni arafasida 104 nafar mahkum afv etildi

08.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Prezident tomonidan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaхslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Jami 104 nafar fuqaro afv etildi, shu jumladan:

  • 6 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi;
  • 50 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;
  • 7 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi;
  • 41 nafar shaхsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

 

Afv etilganlarning 13 nafarini chet el fuqarolari, 9 nafarini 60 yoshdan oshgan shaхslar, 1 nafarini ayol hamda 21 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaхslar tashkil etadi.

 

Afv etilgan shaхslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish boʻyicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.