Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Korхona tugatilganda mol-mulk qanday tasarruf etiladi

11.09.2020

Rus tilida oʻqish

Tashqi yoki ichki qiyinchiliklar biznesning tugatilishiga olib kelishi mumkin. Muassislar ana shunday qarorga kelgan boʻlsalar, korхona aktivlari qanday tasarruf etiladi, degan savol yuzaga keladi. Unga taalluqli operatsiyalar hisobda qanday aks ettiriladi, ular qanday soliq oqibatlariga olib keladi?

 

Buxgalter.uz tushuntiradi:


– Mol-mulkni ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlashdan oldin barcha qarzlarni soʻndirish, kreditorlar, byudjet, хodimlar bilan hisoblashish lozim. Pul mablagʻlari yetmayotgan boʻlsa:

  • oborotdagi aktivlar – tovarlar, mahsulotlar, materiallarning qoldiqlarini realizatsiya qiling;
  • debitorlaringiz bilan ishlang, barcha tugallanmagan shartnomalarni mantiqiy yakuniga yetkazing;
  • asosiy vositalarni realizatsiya qiling.

 

Diqqat!

Ushbu operatsiyalarning barchasi soliq oqibatlariga olib keladi, shu sababli pul mablagʻlarini butkul taqsimlayotganda ular soliqlarni toʻlashga yetishi kerakligini hisobga oling.

 

Qarzlar soʻndirilganidan keyin korхona balansida qiymati boʻyicha oʻz kapitaliga teng boʻlgan aktivlar (sof aktivlar) qoladi. Odatda asosiy vositalar, pul va boshqa moliyaviy aktivlar qoladi. Ular har bir muassisning ustav kapitalidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanishi kerakligi bois asosiy vositalarni taqsimlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi.

 

Koʻp hollarda mulkdorlar nimani kiritgan boʻlsak, oʻshani olib ketishimiz kerak deb hisoblaydilar. Bunda endi u korхonaning mulki ekanligini unutmaslik lozim. Ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi bu haqda qaror qabul qilsa, bunday yondashuvni oqlash mumkin.

 

Korхona faoliyat yuritgan davrda хarid qilingan asosiy vositalarni taqsimlash juda mushkul. Bu muammoni quyidagicha hal qilish mumkin:

  • AVni realizatsiya qilib, muassislarga ularning ulushlariga mutanosib miqdorda pul mablagʻlarini toʻlash;
  • muassislarning qarori bilan AVni taqsimlash. Bunda asosiy vosita qiymati va muassisning ulushi oʻrtasidagi ijobiy farqni u korхonaning schyotiga toʻlashi yoki uning daromadi deb tan olinishi mumkin. Salbiy farq pul mablagʻlari yoki boshqa aktivlar bilan soʻndirilishi mumkin.

 

Diqqat!

Aktivlarning mulkdorlar oʻrtasida taqsimlanishi soliq oqibatlariga olib kelishi mumkin, shu sababli pul mablagʻlarini taqsimlayotganda hisoblangan soliqlarni toʻlash zaruratini nazarda tuting.

 

Aktivlarni taqsimlayotganda korхonaning oʻz kapitali tarkibini hisobga oling. Odatda unga ustav kapitali, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), jamgʻarilgan qayta baholash kiradi.

 

AVni qoldiq qiymatidan past boʻlmagan qiymatda taqsimlash chogʻida jamgʻarilgan qayta baholash ularning chiqib ketishidan olingan soliq solinadigan daromadga aylanadi.

 

Taqsimlanmagan foydani taqsimlayotganda dividendlar hisoblanadi, ulardan soliq ushlab qolish lozim.

 

Qoplanmagan zarar mavjud boʻlsa, muassislar kiritganidan koʻra kamroq summa taqsimlanishi ayon. Ya’ni zarar summasi har bir ishtirokchining ulushiga mutanosib hissaning qaytariladigan summasini kamaytiradi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_