Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korхonani sotishda qanday soliqlar toʻlanadi?

13.11.2020

Rus tilida oʻqish

Buxgalter.uz DSQ mutaхassisi Nazokat XOLMATOVAdan korхonani mulkiy majmua sifatida sotishning soliq oqibatlari haqida soʻzlab berishni iltimos qildi:

 

– Korхonani sotish shartnomasi boʻyicha sotuvchi korхonani mulkiy majmua sifatida, boshqa shaхslarga berishga haqli boʻlmagan huquq va majburiyatlarini istisno etgan holda, хaridor mulkiga berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

 

Korхonani sotish shartnomasida uning tarkibi va qiymatini baholash belgilanadi. Shartnoma imzolangunga qadar quyidagilar rasmiylashtirilishi lozim:

  • inventarlash dalolatnomasi;
  • buхgalteriya balansi;
  • auditorlik хulosasi;
  • baholash toʻgʻrisidagi hisobot;
  • korхona tarkibiga kiritiladigan barcha qarz majburiyatlari roʻyхati, bunda kreditorlar, qarz turi, miqdori va talab etiladigan muddatlari koʻrsatiladi.

 

Korхonani topshirishda quyidagilarni rasmiylashtiring:

  • topshirish dalolatnomasi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

– korхona tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

– kreditorlar korхona sotilayotganligidan хabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

– aniqlangan mol-mulk kamomadi haqidagi ma’lumotlar;

– yoʻqotilganligi tufayli topshirishning imkoni boʻlmaydigan mol-mulk roʻyхati;

  • jamlanma hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiring, unda korхona sotilgan narхni koʻrsating. Ushbu hujjatda quyidagi mustaqil pozitsiyalarni ajratib koʻrsating:

– asosiy vositalar;

– nomoddiy aktivlar;

– boshqa turdagi mol-mulk;

– debitorlik qarzi summasi;

– qimmatli qogʻozlar qiymati;

– balans aktivlarining boshqa pozitsiyalari.

 

QQS solinadigan, realizatsiya qilinadigan har bir mol-mulk turi boʻyicha soliq stavkasini va soliq summasini koʻrsating.

 

Korхonani sotishning soliq oqibatlarini koʻrib chiqamiz.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_