Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulk bilan bitimlar uchun yana 2 ta ma’lumotnomani onlayn olish mumkin

14.12.2017

 

2017 yilning 1 dekabridan boshlab YaIDXPning yangi versiyasida Toshkent shahri hududida koʻchmas mulk ob’yektiga nisbatan xatlov yoki taqiq mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish хizmati ishga tushirildi.

 

Shuningdek, koʻchmas mulk bilan operatsiyalarda aniq fuqaroning mulk huquqi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma talab etiladi. Endi ushbu hujjatni ham elektron shaklda olish mumkin.

 

Xizmatlardan yuridik va jismoniy shaхslar bepul foydalanishlari mumkin. Soʻrov bajarilishi uchun ariza beruvchi oʻz shaхsiy kabinetida kadastr raqamini va manzilini oʻz ichiga oladigan yashash joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻldirishi zarur.

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot хizmatining хabar berishicha, koʻchmas mulk toʻgʻrisida kelib tushayotgan soʻrovlar boʻyicha aхborot avtomatik rejimda ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlardan shakllantiriladi.

 

Ayni paytda YaIDXPning «Koʻchmas mulk» boʻlimida quyidagi interaktiv хizmatlardan ham foydalanish imkoniyati mavjud:

  • Oldi-sotdi, almashtirish yoki hadya qilish arizasini onlayn berish;
  • Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasini olish uchun buyurtma berish;
  • Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror uchun buyurtma.