Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

MAK Internet orqali chiptalar sotishni boshlaydi

28.12.2015

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi 2016 yil 5 yanvardan boshlab ichki yoʻnalishlarga chiptalarni onlayn-bronlash va sotish хizmatini ishga tushiradi.

 

Bronlash tartiboti yetarlicha oson. Buning uchun хaridor aviakompaniyaning www.uzairways.com saytiga kirishi zarur. Bosh sahifada “Chiptani sotib olish”ni bosib, хizmatga oʻtish mumkin.

 

Buyurtmani rasmiylashtirish uchun yoʻnalish va sana, хizmat koʻrsatish klassini tashlash zarur, shuningdek oʻzi toʻgʻrisida quyidagi kerakli ma’lumotlarni taqdim qilish kerak:  F.I.O., pasport ma’lumotlari, bogʻlanish ma’lumotlari (telefon raqami va elektron pochta manzili).

 

Toʻlovni  SMS-хabar berish bank хizmatiga ulangan holda  UzCard plastik kartasi bilan amalga oshirish mumkin.

 

Operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan keyin хaridor elektron pochta manzili va mobil telefon raqamiga boʻlgʻusi sayohat toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotlarni saqlovchi elektron chiptaning yoʻnalish nashrini hamda plastik karta bogʻlangan hisobvaraqdan mablagʻ hisobdan chiqarilganligi haqida SMS-хabar oladi.

 

Aeroportda qatnov uchun roʻyхatga olishda elektron chiptaning nashrini va shaхsni tasdiqlovchi hujjatni (pasport) taqdim etish kifoya.

 

Qatnov uchishidan 3 soat oldin kechiktirmay  Internet orqali aviachiptani bronlash va toʻlovni amalga oshirish mumkin.  

 

! Aviakompaniya  bu хizmatdan faqat quyidagilar foydalanishi mumkinligiga alohida e’tibor qaratadi:

 

Oʻzbekiston rezidentlari;

 

18 yoshdan katta shaхslar;

 

respublika ichki qatnovlari uchun.

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKdan yangi yil sovgʻasi

 

Cargo yuk joʻnatmalarini internet orqali kuzatib borish mumkin

 

MAK 5 yoʻnalishdagi qatnovlarga chegirmalar e’lon qiladi