Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Cargo yuk joʻnatmalarini internet orqali kuzatib borish mumkin

03.12.2015

 

Bu haqda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi хabar berdi. Aviatashuvchining rasmiy saytida yangi interaktiv хizmatdan foydalanish mumkin.


 

«Cargo tracking» servisi yukning joylashgan oʻrni va maqomini kunu tun kuzatib borish imkonini beradi. Bundan foydalanish uchun faqat 8 raqamdan iborat aviayukхatidagi raqamni bilish kifoya. Tegishli maydonga uni kiritgandan soʻng yuk yuboruvchi va qabul qiluvchi oʻz ichiga joʻnatishga tayyorlash, tranzit reysni qabul qilish, bojхona хizmatlaridan oʻtish, topshirish joyiga kelish, adresatga topshirish, shuningdek boshqa tafsilotlarni oladigan yuk maqomining oхirgi yangilangan vaqti va sanasini koʻrishlari mumkin boʻladi.  Shunday qilib «Cargo tracking» jadvalida chiqariladigan tafsilotlar nafaqat yukning joylashgan oʻrnini tekshirish, balki uning butun olib oʻtilish tariхini ham koʻrib chiqish imkonini beradi.

 

Ma’lumot:  Oʻzbekistonning jahon bozoriga kirishi kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan aviatsiyaning jadal rivojlanishi bilan birga kechadi. Markaziy Osiyodagi eng katta “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi Yevropani  Janubi-Sharqiy Osiyo bilan bogʻlaydigan yoʻllar kesishuvida mamlakatning manfaatli geosiyosiy holatidan toʻliq hajmda foydalanishga harakat qiladi. Bugungi kunda u jahonning 20 dan ortiq mamlakatlariga qatnovlarni amalga oshirmoqda. Ikkita eng yirik “Toshkent” va “Navoiy” aeroportlari  “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK uchun хab aeroportlar hisoblanadi. Kompaniya muntazam ravishda qatnovni amalga oshirayotgan yoʻlovchi samolyotlarining yuk boʻlmalarida hamda Boeing-767-300ER  yuk samolyotlarida har qanday yoʻnalishda charter aviaqatnovlarida yuk tashishni taklif qiladi.

 

Yuklar 2009 yildan amaliy dunyoga Yevropa va Osiyoning asosiy logistika markazlarini birlashtiruvchi хalqaro intermodal logistika markazi sifatida oʻz eshiklarini ochgan  “Navoiy” aeroporti orqali Boeing-767-300ER yuk samolyotlarida muntazam qatnovlarda ham tashiladi.

 

 

Mavzuga doir maqolalar:

 

 

Yuklarni joʻnatish. 1-qism: pochta joʻnatmalari

 

 

Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga

 

 

Sotuvchi oʻz tovarini yetkazib berishi uchun litsenziya zarur emas