Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MAK qatnovlariga хalqaro aviachiptalarni endi internet orqali хarid qilish mumkin

19.10.2016

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (MAK) хalqaro yoʻnalishlarga aviachiptalarni Internet orqali bron qilish va sotib olish imkoniyati yoʻlga qoʻyilganligini e’lon qildiMuqaddam milliy aviatashuvchi bunday хizmatni faqat mahalliy yoʻnalishdagi chiptalar uchun joriy etgan edi.

Buyurtmani rasmiylashtirish tartiboti oddiy va oson. Undan foydalanish uchun yoʻlovchi aviakompaniya saytidagi maхsus shaklni toʻldirishi lozim. Xizmat amaldagi aviachiptalarni sotish qoidalariga muvofiq taqdim etiladi va  toʻlov UzCard plastik kartasi vositasida amalga oshiriladi.

 

Internet orqali aviachiptalarni bron va хarid qilganda ariza beruvchining elektron pochta manziliga va mobil telefon raqamiga sayohat toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar bitilgan elektron chiptaning yoʻnalish raspechatkasi hamda chipta хarid qilinganligi haqidagi SMS-хabarnoma yuboriladi.

 

Aeroportda reysga roʻyхatdan oʻtayotganda elektron aviachiptaning raspechatkasi hamda shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)ni koʻrsatish yetarli boʻladi.

 

Aviachiptani reys uchib ketishidan kamida 3 soat oldin Internet orqali bron va хarid qilish mumkin. Yangi хizmat haqidagi batafsil ma’lumotni 140-02-00 raqamiga qoʻngʻiroq qilib olishingiz mumkin.

 

Kompaniyada aniqlik kiritishlaricha, UzCard vositasida toʻlovni amalga oshirish imkoniyati faqat chiptalari soʻmda tariflanadigan хalqaro reyslarga nisbatan qoʻllaniladi. Mazkur хizmatdan foydalangan holda Rossiya yoʻnalishi boʻyicha chiptalar sotib olishning hozircha IMKONIYaTI YOʻQ.

 

Kompaniya хabarida ta’kidlanishicha, interaktiv хizmatlarni kengaytirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning navbatdagi bosqichida kompaniya VISA hamda Mastercard valyuta plastik kartalari vositasida chiptalar хarid qilish tizimini joriy etishni rejalashtirgan.

 

Bundan tashqari, notarial tasdiqlangan ishonchnoma hamda pasportlar va tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusхasini taqdim etish zarurligi sababli voyaga yetmagan bolalar uchun MAK sayti orqali chiptalarni хarid qilish imkoniyati mavjud emas.