Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Maosh berayotganda soliq qarzdorligi haqida ma’lumotnoma talab qilish huquqqa zid

16.11.2018

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi ish haqi toʻlashda, shuningdek mol-mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazishda soliq qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomalarni talab qilish noqonuniy ekanligini eslatib oʻtadi.

 

Adliya vazirligi maktabgacha va maktab ta’limi, sogʻliqni saqlash muassasalarida, shuningdek yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri organlarida tegishli huquqbuzarlik dalillarini aniqlagan monitoring natijalari yuzasidan tegishli bayonot bilan chiqdi.

 

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, manfaatdor tashkilot va muassasalar zarur hollarda soliq organlaridan ma’lumotnomalarni soʻrovnoma yuborgan holda mustaqil olishlari mumkin.

 

Shuningdek хodimda soliq qarzdorligi aniqlansa, ish beruvchi sud yoki davlat ijrochisining hujjati asosidagina uning oylik maoshidan ushlab qolish huquqiga ega ekanligiga e’tibor qaratildi.

 

Ish beruvchi qonunda belgilanmagan ma’lumotnomalar yoki hujjatlar taqdim etishni talab qilsa, Adliya vazirligining 1008 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki info@minjust.gov.uz elektron pochtasi, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar (Feysbukdagi «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» guruhi, Odnoklassniki va boshqalar) orqali murojaat etish mumkin.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_