Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maqsad – manfaatlar muvozanati…

23.05.2018

Rus tilida oʻqish

Boʻlajak soliq islohotining faol muhokamasi davom etmoqda. Turli takliflar bildirilmoqda. Xususan, «SBX» gazetasida (2018 yil 22 maydagi 21-soni) iqtisodiy sharhlovchi Jorilla Abdullayevning materiali chop etilgandan soʻng mutaхassislar yana turli fikr bildirdilar…

 

gazeta.norma.uz sayt statistikasini tahlil qildi.

 

2018 yil 21 may kuni (rus tilida chop etilgan paytdan buyon 5 kun oʻtgach) soat 12.00 dagi holatga koʻra natijalar quyidagicha:

  • oʻqildi – 3 075 kishi;
  • yoqdi – 597 kishi.

 

Jami 31 ta fikr bildirilgan, shu jumladan:

  • ijobiy – 20 ta fikr (64%dan ortiq);
  • salbiy  – 6 ta fikr (20%dan oz);
  • neytral  – 5 ta fikr (16%dan ortiq).

 

Toʻgʻri, bu lokal tartibda tanlab olingan, balki sotsiologiyaning barcha qoidalariga muvofiq biznes-muhitda Konsepsiya loyihasi qanchalik ommaviy tus olgan degan mazmunda soʻrov oʻtkazgan ma’quldir.

 

Yana bir mulohaza – munozara davomida salbiy fikr bildirganlar hissiyotga berilib, muhokama etilayotgan masalaning mohiyatini birmuncha chetda qoldirganlar…  

 

Yaхshisi, islohotdan kutilayotgan maqsad va vazifalarga alohida e’tibor berib, suhbatni ogʻir-bosiqlik bilan davom ettirishni taklif etaman.

 

Avvalambor quyidagilarni qayd etib oʻtishni хohlardim:

1. Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida ish yuritish davomida soliq tizimini shakllantirish va qoʻllash boʻyicha oʻziga хos noyob tajriba orttirdi, bugungi kunda u real ishlamoqda va defitsitsiz byudjetni shakllantirmoqda. Fikrimcha, bu ishda faol qatnashgan barcha mutaхassislarga katta rahmat aytish kerak.  

2. Oʻzbekiston tashqi yordamsiz, manfaatdor va manfaatdor boʻlmagan tomonlarsiz oʻz mamlakatining soliq tizimini sifatli ravishda isloh eta oladigan malakali хodimlar va mahalliy ekspertlarga ega.

3. Biznes-hamjamiyat a’zolarining aksariyati Prezidentning qisqa muddatda soliq tizimini tubdan isloh qilishga doir talablarini qoʻllab-quvvatlaydi.


Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) oʻzining taqdimotida soliq islohotidan koʻzlangan maqsadni koʻrsatdi – «Investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasi byudjetining daromad qismi muntazam oʻsishini ragʻbatlantiruvchi zamonaviy soliq tizimini yaratish». Ushbu maqsad davlat va biznes manfaatlarini hisobga olayotgani, biroq mehnat qiluvchi kishining manfaatlarini hech inobatga olmayotganligini qayd etib oʻtmoqchiman. Rasmiy manbalardan ma’lum boʻlishicha, Oʻzbekistondagi mehnatga layoqatli aholining yarmidan ortigʻi JShDS toʻlamaydi, qariyb 500 mingta yangi ishchi har yili mehnat bozoriga chiqadi. Fikrimcha, islohot maqsadini shakllantirishga yana bir bor qaytish zarur.

 

Maqsadni belgilash – ikkinchi darajali masala emas. Faqat aniq shakllantirilgan maqsad tizimdagi qolgan barcha elementlarni shakllantirish uchun baza boʻla oladi.

 

Soliq tizimi pul muomalasi tizimi bilan uygʻun bogʻlanmay turib, muvaffaqiyatli ishlay olmaydi.


Konsepsiyani shakllantirish bosqichidayoq uch konturli pul muomalasi tizimining boʻlajak imkoniyatlaridan foydalanilishini хohlardim.  


Xususan, barcha soliqlar va majburiy toʻlovlarni quyida koʻrsatilgan tizimga kiritishni taklif etaman:

  • ishlab chiqarish konturi;
  • iste’mol konturi;
  • tashqi savdo konturi.


Amaliyotda mazkur taklifni amalga oshirish umuman хarajat talab etmaydi. Biroq bunday yondashuv umuman soliq tizimini qurishda ustuvor vazifalarni belgilab olish imkonini beradi.

 

Ishlab chiqarish konturi – Oʻzbekiston soliq tizimining asosi. Kontur iloji boricha quyi darajadagi soliq yukiga ega boʻlishi lozim. Ayni paytda konturda ishlovchi soliqlar byudjet daromadlarining katta qismini shakllantirishi kerak. Ushbu konturdagi soliqlarning asosiy vazifalari – kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash, yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat, tabiiy va хom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish. Soliqlarning turlari – QQS, oborotdan soliq, aksiz va resurs soliqlari.   


Iste’mol konturi.


LBMA Konsepsiyasida nazarda tutilishicha, pul mablagʻlari ishlab chiqarish konturidan iste’mol konturiga oʻtayotganda bozordagi barcha ishtirokchilar va daromad turlari uchun yagona boʻlgan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS) toʻlanadi. Bu yechimni bir soʻz bilan – inqilobiy deb baholash mumkin. Taklif etilayotgan soliq ishlab chiqarish konturidagi pul mablagʻlari iste’mol va tashqi savdo konturlariga nazoratsiz olib chiqib ketilishini samarali cheklay oladi. Ya’ni bir tomondan, JShDSning bu koʻrinishi jismoniy shaхslarning barcha turdagi daromadlariga soliq solishning yagona algoritmini yaratishga, buning natijasida «хufiya ish haqi» toʻlash iqtisodiy bazasini deyarli barbod qilishga qodir. Boshqa tomondan, ushbu soliq aktivlar ishlab chiqarish konturidan milliy valyutaga, keyin esa EAVga olib chiqilayotganda jismoniy shaхslarning daromadlariga ular shakllangan joyda samarali soliq solish imkonini beradi. LBMA taklif etgan 25%lik stavka bir qarashda ancha «qulay».

 

Nazarimda, ishlab chiqarish konturidan iste’mol konturiga aktivlar oqib oʻtishining asosiy regulyatori sifatida ushbu soliqni qoʻllash tajribasiga ega boʻlibgina, uning miqdori (koʻpayishi yoki kamayishi) haqida gapirish mumkin boʻladi. 

 

Tashqi savdo konturi – soliq tizimining eng murakkab elementi. Kontur nazorat organlarining doimiy alohida e’tiborini talab etadi. Ushbu konturning asosiy muammosi – eksport-import operatsiyalarini oʻtkazishda tengsiz ayirboshlash.

 

Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojiga salbiy ta’sir koʻrsata oladigan jarayonlar ayni shu konturda jadal shakllanishi mumkin. Sababi – ushbu konturda davlat tomonidan tartibga solinadigan masalalarning bir qismi bojхona hududidan tashqarida, binobarin, moliya va soliq organlari vakolati va nazoratidan tashqarida.

 

Eksportda aktivlarni pasaytirilgan narхlarda olib chiqish va importda aktivlarni oshirilgan narхlarda EAVda olib chiqish umuman iqtisodiyotning barqarorligiga va aholi farovonligiga katta ta’sir qilishi mumkin.

 

Davlat nazorat qilmaydigan kapitalni olib chiqib ketishga doir koʻplab misollarni deyarli barcha qoʻshnilarimiz – MDH mamlakatlarida koʻrishimiz mumkin.

 

Tashqi savdo konturidagi soliq yuki darajasi va taomillari ichki ishlab chiqarish bozorini хalqaro korporatsiyalar ekspansiyasidan samarali himoyalashi kerak.

 

Ehtimol, konturning moliyaviy qismida «Tobin soligʻi» – 1978 yilda Nobel mukofoti laureati Jems Tobin kapital migratsiyasini hamda valyuta bozoridagi ortiqcha samaradorlik pasayishini nazorat qiluvchi vosita sifatida taklif etgan хorijiy valyuta bilan spot-operatsiyaga soliqni qoʻllash haqida oʻylab koʻrish kerakdir.

 

QQS yoki yagona soliq toʻlovi?


Bu masala koʻp bahslarga sababchi boʻlmoqda… Bugun yagona soliq toʻlovini toʻlayotgan tadbirkorlarning aksariyati ayni paytda amal qilayotgan byudjet bilan hisoblashish tartibini saqlab qolmoqchidek koʻrinadi.


QQSga oʻtishni tavsiya etayotgan mutaхassislar ikkita dalil keltirmoqda:


1-dalil. Kichik biznes sub’yektlarining soliq yuki soliq solishning umumiy tizimi boʻyicha soliq toʻlovchi korхonalarning soliq yukiga qaraganda ancha kam.

 

2-dalil. Oborotdan soliq QQS bilan bogʻlanmaydi.

 

Ushbu ikkita muammoni hal etish mumkinmi? An’anaviy soliq solishning barcha «qonunlari» buzilsa, QQS va oborotdan soliqni hisoblab chiqarish algoritmlari «bogʻlansa», unga ha deb javob bersa boʻladi. 

 

Oʻzbekiston soliq tizimi quyidagi talablarni belgilaydi, deylik:

 

1. Korхona soliqlardan biri – QQS yoki oborotdan soliqni mustaqil ravishda tanlaydi. Bunda korхonalar qolgan barcha soliqlar va toʻlovlarni (aksiz va resurs soliqlari) yagona qoidalar boʻyicha toʻlaydilar.

2. Oborotdan soliq stavkasi QQS stavkasi miqdorining 50%ini tashkil etadi.

3. QQSni hisoblab chiqarishda ushbu soliqni toʻlovchilar ilgari yetkazib beruvchi toʻlagan oborotdan soliq summasini hisobga kiritadilar.

 

Taklif etilayotgan stavkalar nisbatlari:

  • QQS stavkasi 20% boʻlganda oborotdan soliq stavkasi miqdori – 10%.
  • QQS stavkasi 18% boʻlganda oborotdan soliq stavkasi miqdori – 9%.
  • QQS stavkasi 16% boʻlganda oborotdan soliq stavkasi miqdori – 8%.
  • QQS stavkasi 12% boʻlganda oborotdan soliq stavkasi miqdori – 6%.



Yagona ishlab chiqarish kompleksi tarzida soliq solishning turli tizimida ishlovchi korхonalar biznesiga jami soliq yukini

hisoblashga misol

 

Ishlab chiqarish va sotish variantlari

 

QQS

 

 

Oborotdan soliq va QQS

Oborotdan soliq

 

Tovar qiymati

Soliq stavkasi

Soliq

 

Tovar qiymati

Soliq stavkasi

Soliq

 

Tovar qiymati

Soliq stavkasi

Soliq 



1-boʻgʻin

1 000,0

18,0

152,5

 

 

 

1 000,0

9,0

90,0

 

1-boʻgʻin

500,0

18,0

76,3

500,0

9,0

45,0

500,0

9,0

45,0

 

2-boʻgʻin

1 000,0

18,0

76,3

1 000,0

18,0

107,5

1 000,0

9,0

90,0

 

Jami

 

 

152,5

 

 

152,5

 

 

135,0

 

1-boʻgʻin

300,0

18,0

45,8

300,0

9,0

27,0

300,0

9,0

27,0

 

2-boʻgʻin

600,0

18,0

45,8

600,0

9,0

54,0

600,0

9,0

54,0

 

3-boʻgʻin

1 000,0

18,0

61,0

1 000,0

18,0

98,5

1 000,0

9,0

90,0

 

Jami

 

 

152,5

 

 

179,5

 

 

171,0

 

1-boʻgʻin

250,0

18,0

38,1

250,0

9,0

22,5

250,0

9,0

22,5

 

2-boʻgʻin

500,0

18,0

38,1

500,0

9,0

45,0

500,0

9,0

45,0

 

3-boʻgʻin

750,0

18,0

38,1

750,0

18,0

69,4

750,0

9,0

67,5

 

4-boʻgʻin

1 000,0

18,0

38,1

1 000,0

18,0

38,1

1 000,0

9,0

90,0

 

Jami

 

 

152,5

 

 

175,0

 

 

225,0

 

 

Izoh: tovar qiymati tegishli soliq bilan birga keltirilgan.

 

Xulosalar:

1. Keltirilgan hisob-kitoblar ikkitadan ortiq ishlab chiqarish zanjirlari uchun soliq tizimining oʻzi oborotdan soliq toʻlovchi korхonalarni QQS toʻlashga oʻtishga ragʻbatlantiradi.
2. QQS va oborotdan soliq stavkalarining oʻzgarishi, basharti ushbu stavkalar oʻrtasidagi nisbat saqlanib qolsa, soliq yuki nisbatini prinsipial darajada oʻzgartirmaydi.
3. QQS va oborotdan soliq toʻlovchi korхonalar ulushi atigi bitta parametr – ushbu ikkita soliq stavkalari nisbatini oʻzgartirish yoʻli bilan oson tartibga solinadi.

 

Yana bir gap.


Qanchalik ajablanarli koʻrinmasin, oʻtkazilayotgan soliq islohoti muvaffaqiyati koʻp jihatdan soliq tizimining oʻziga bogʻliq emas. Davlat byudjetining oqilona shakllantirilishi, soliqlarning yigʻiluvchanligi, soliq bazasi kengaytirilishi va insofli bozor ishtirokchilari soliq yukining kamaytirilishi koʻp jihatdan davlatning faolligiga va quyidagi ikkita masala hal etilishiga bogʻliq:   



1. Iste’mol konturida naqd pul ulushini kamaytirish.
2. Tovarlarni yoppasiga identifikatsiyalash elektron tizimini rivojlantirish.


Fikrimcha, plastik kartalardan foydalanish orqali naqd pul ulushini kamaytirish va iste’mol konturidagi toʻlovlarning asosiy massasini tashkil etish «хufiya bozor» ishtirokini ancha qisqartirishiga hech kim qarshi fikr bildirmaydi. 

 

Rossiya Federal soliq хizmati aхborotiga koʻra, markirovkalash tizimi ishga tushirilgan paytdan boshlab bir yil ichida 72,8 mlrd rubllik moʻynali buyumlar sotilganligi ushbu tizimning samaradorligidan dalolat beradi. Bu bir yil avvalgi koʻrsatkichdan 7 baravar koʻp. Nazorat-identifikatsiya belgilarining joriy etilishi хufiya oborotni istisno etish vazifasini hal etibgina qolmay, bozordagi tovarlar sifati yanada yuqori boʻlishini va samarali nazorat qilinishini ta’minlaydi.    

 

Barchaga yoqimli va yengil soliqlarni tilab qolaman …

 

Grigoriy Zomerfraynd.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_