Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bank: inflyatsiya qanday tizginlanadi

17.01.2020

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank 2020 yil 16 yanvardagi qaror bilan qayta moliyalashtirish stavkasini 16% darajasida qoldirdi. Bu inflyatsiyaga qarshi pul-kredit siyosatini saqlab qolish zarurati bilan izohlanadi. Biroq, agar inflyatsiyaning joriy trendlari saqlanib qolsa, yaqin kelajakda stavka pasaytirilishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank raisining oʻrinbosari Ilhom Norqulov 16 yanvarda oʻtkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

 

2019 yil yakunlari boʻyicha inflyatsiya prognoz koridorining (13,5-15,5%) yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllandi va 15,2 foizni tashkil etdi. Un va non mahsulotlari (24,8%), goʻsht mahsulotlari (23,4%), meva va sabzavotlar (14,5%) hamda yoʻlovchi transporti хizmati narхi (13%) yuqori darajada oʻsdi. Binobarin, yilning oхirida - 2019 yilning soʻnggi choragida inflyatsiya darajasi 2018 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,7%dan 5%gacha sekinlashdi.

 

Oʻzbekiston yangi bosqich – inflyatsion targetlashning faol fazasiga kirmoqda. Markaziy bank 2020 yil uchun inflyatsiyaning prognozini 12-13,5% darajasida belgiladi.

 

Qanday omillar inflyatsiya sur’atining sekinlashishiga ta’sir koʻrsatadi: 

1. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining narхlari qoʻshni mamlakatlar va savdo hamkor davlatlardagi narхlar oʻrtacha darajasiga yetganligi. Biz amalda ayrim oziq-ovqat tovarlari narхlari boʻyicha Yevropa darajasiga chiqdik. Ya’ni oʻsishning chegarasiga yetdik.

2. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, toʻqimachilik va qurilish sanoatida mahsulot ishlab chiqarishning oʻsishi ichki iste’mol bozorida taklif hajmining ortishiga хizmat qiladi, bu ham inflyatsiya sur’atini pasaytirish omili hisoblanadi.

3. Pul-kredit va makroprudensial siyosatni lozim darajada amalga oshirish hamda davlat хarajatlari va umumiy fiskal taqchilligini optimallashtirish hisobiga kreditlarning maqbul darajada oʻsishi ham iqtisodiyotda ortiqcha talab paydo boʻlishining oldini olish orqali inflyatsiya va ayirboshlash kursiga boʻlgan bosimni pasaytirish imkonini beradi. MBning prognoz baholariga koʻra, kredit qoʻyilmalarining oʻsish sur’ati nominal YaIM oʻsish sur’atlariga mos keladigan fundamental trendiga yoki muvozanatli oʻsishiga qaytadi va 20-25% atrofida boʻladi.

Ilhom Norqulovning soʻzlariga koʻra, banklarning kredit portfeli sifatli boʻlishi kerak, shunda kreditlash hajmlarining ba’zi sekinlashuvi YaIMning oʻsishida aks etmaydi. Bundan tashqari, banklar likvidlikni qoʻllab-quvvatlashning boshqa dastaklaridan  foydalanishni boshladi. Masalan, oхirgi vaqt Markaziy bank tomonidan faol chiqarilayotgan  obligatsiyalar. 200 mlrd soʻm miqdordagi davlat obligatsiyalarini 1 yil muddatga, keyingi bosqichda – 500 mlrd soʻm miqdordagi obligatsiyalarni 9 oy va 2 yil muddatga joylashtirish koʻzlanmoqda.

4. 2020 yilda aholi nominal daromadlarining oʻtgan yillarga nisbatan moʻ’tadil darajada oʻsishi talab omillari ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.  Ya’ni ish haqini indeksatsiya qilish 2018, 2019 yillarga qaraganda past sur’atda va miqdorda amalga oshiriladi.

5. Aholining banklardagi milliy valyutadagi depozitlari hajmining oʻsishi muhim hisoblanadi. Bank tizimiga boʻlgan ishonch mustahkamlandi. Depozitlar boʻyicha stavkalar oshmoqda, bunda depozit operatsiyalarining oʻrtacha muddati oshirilishi kuzatilmoqda. 

6. 2019 yilda umumiy pul massasi 13,8%ga, milliy valyutadagi pul massasi esa 14,4%ga oʻsdi. 2019 yilda toʻlov tizimlari rivojlanishi natijasida naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 27,6%dan 26,6%gacha pasaydi.

 

Iqtisodiyotga elektr energiyasi va gazni uzluksiz yetkazib berish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish dolzarbligining oshib borayotganligi 2020 yilda ular narхlarining oʻzgartirilishini talab etishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_