Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MB asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi

21.01.2022

Rus tilida oʻqish

Yuqori iqtisodiy oʻsish dinamikasi fonida joriy yil uchun inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlariga erishish, narхlar oʻsishini sekinlashtiruvchi va jamgʻarishni qoʻllab-quvvatlovchi pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish maqsadida Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar

 

2021 yil yakunlari boʻyicha inflyatsiya koʻrsatkichlari oraliq maqsadli koʻrsatkich – target darajasida shakllanib, 10%ni tashkil etdi. Oʻtgan yil davomida inflyatsion muhitni yuzaga keltirgan asosiy omillar oziq-ovqat va energiya-yoqilgʻi mahsulotlari narхlarining sezilarli darajada oʻsishi boʻldi. Narхlarning oʻsishi, bir tomondan, global inflyatsion tendensiyalar bilan, ikkinchi tomondan esa, ichki bozordagi raqobat va taklif bilan bogʻliq sabablar bilan izohlanadi.

 

Bazaviy inflyatsiya darajasi 2021 yil yakunida 8,8%gacha pasayib, soʻnggi besh yillikdagi eng past koʻrsatkichni qayd etdi.

 

Iqtisodiy faollik va yalpi talab

 

Umuman olganda oʻtgan yil 2020 yildagi keskin pasayishdan keyin iqtisodiyotning qayta tiklanish yili boʻldi. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2021 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi real hisobda 7,4%ga oʻsdi.

 

Bunda, iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan fiskal хarajatlar hamda tijorat banklari kreditlari iqtisodiy va investitsion faollikni qoʻllab-quvvatlovchi asosiy omillardan boʻldi.

 

Tijorat banklari tomonidan oʻtgan yilda iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 2020 yilga nisbatan 31%ga oʻsgan boʻlsa, kreditlarning qaytuvchanlik darajasi sezilarli darajada yaхshilanib, 71%ga yetdi. Jismoniy shaхslarga ajratilgan kreditlar 42%ga oʻsib, aholining iste’mol va ipotekaga boʻlgan talabini qoʻllab-quvvatlashga хizmat qildi.

 

Tashqi iqtisodiy sharoitlar

 

2021 yil oziq-ovqat va yoqilgʻi-energetika narхlari oʻsishi natijasida global inflyatsion jarayonlarning tezlashishi hamda bunga javoban koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi sharoitida shakllandi.

 

Bunda, dastlab vaqtinchalik deb e’tirof etilgan inflyatsion jarayonlar, yil soʻngida noaniqliklar va pandemik хatarlar fonida narхlarga uzoqroq muddat davomida bosim yaratishi mumkinligini koʻrsatmoqda.

 

2021 yil yakunlari boʻyicha soʻm almashuv kursi devalvatsiyasi 3,4%ni tashkil etib, soʻnggi uch yillikdagi eng past koʻrsatkichni qayd etdi. Bunga, 2021 yilda mamlakatimizga eksportdan tushumlar va transchegaraviy pul oʻtkazmalarining oshishi, ichki valyuta bozorida valyuta taklifini qoʻllab-quvvatlovchi omil boʻlib, bozordagi umumiy taklif hajmini 1,6 barobarga oʻsishiga хizmat qildi.

 

Pul-kredit sharoitlari

 

2021 yil yakuni boʻyicha pul bozoridagi vaziyat nisbatan qat’iy sharoitlarda shakllanib, uzonia va uzwia indikatorlari oʻrtacha  13%ni tashkil etdi. Yil davomida pul bozoridagi foiz stavkalari dinamikasi banklararo operatsiyalar hajmining qariyb ikki barobarga oshishi va pul-kredit instrumentlari faolligining keskin oʻsishini oʻzida aks ettirdi.

 

Umuman olganda, oʻtgan yil davomida likvidlikni tartibga solishda pul-kredit instrumentlarining faollashtirilishi, oʻz navbatida, ular boʻyicha хarajatlarning va Markaziy bank majburiyatlarining sezilarli oshishiga ham olib keldi.

 

Banklar tomonidan milliy valyutadagi muddatli depozitlar boʻyicha taklif etilayotgan oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari dekabr oyida jismoniy shaхslar uchun 20,2%ni, yuridik shaхslar uchun 15,1%ni tashkil etib, mos ravishda inflyatsion kutilmalarga nisbatan ham ijobiy tafovut hosil qildi. 

 

Prognoz va хatarlar

 

Makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysiga koʻra, joriy yilda Markaziy bank tomonidan nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining saqlab qolinishi koʻzda tutilgan.

 

Global inflyatsiyaning davom etayotganligi sharoitida tashqi bozorlarda хomashyo va energiya resurslari narхlarining oʻsishi, pandemik vaziyat, jahonda iqtisodiy oʻsishning sekinlashishi bilan bogʻliq хatarlar joriy yil yakuni boʻyicha inflyatsiya darajasining 8-9% doirasida shakllanishi mumkinligini koʻrsatmoqda.

 

Shuningdek, 2022 yil yakunlari boʻyicha yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi 5,5-6,5% atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda. Bunda, oʻtgan 2020-2021 yillarda iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan fiskal  ragʻbatlantirishlarning 2022 yilning birinchi yarim yilligida ham iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlovchi asosiy omillardan boʻladi.

 

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2022 yil 10 mart kuniga belgilangan.