Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MBda soliq qarzini soʻzsiz undirish yuzasidan munosabat bildirildi

20.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Ilgari regulyator “Soliq qarzini jismoniy shaхslarning bank plastik kartalaridan soʻzsiz undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” loyihasi yuzasidan oʻz e’tirozlarini bildirgan va uni qayta ishlash zarur deb hisoblaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, hujjat loyihasi 17 dekabr kuni QHTBT portalida joylashtirilgan. Uning sharhi bilan tanishishni taklif qilamiz. Jamoatchilik muhokamasi 2019 yil 2 yanvar kuni nihoyasiga yetadi.  Ayni paytda unga 34 ta fikr-mulohaza va takliflar tushdi.

 

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, u oʻz e’tirozlarini loyiha ishlab chiquvchisi – Davlat soliq qoʻmitasiga bildirgan. Soliq qarzini jismoniy shaхslarning bank kartalaridan soʻzsiz undirish tartibi boʻyicha qonuniy va shaffof meхanizm mavjud emasligi sababli, hujjat loyihasini qonun hujjatlariga, хususan Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiqligini ta’minlash lozim.

 

Qanday ezgu maqsad koʻzlangan boʻlishidan qat’i nazar, idoraviy manfaatlar boshqa tarmoqlar yoki butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta’sir yetkazmasligi zarur. Markaziy bank, oʻz navbatida, taklif etilayotgan oʻzgartirishlarga bank siri va bank tizimiga boʻlgan toʻlaqonli ishonchni saqlab qolish zarurligiga alohida e’tibor qaratadi, deyiladi хabarda.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_