Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

MB uchinchi shaхslarga kafolatlar bera olmaydi

14.10.2019

Rus tilida oʻqish

Senat a’zolari 23-yalpi majlis kun tartibi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ma’qullashdi.

 

Qonunda Markaziy bankning huquqiy maqomi, vakolatlari va vazifalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi mustahkamlab qoʻyilgan. Mamlakatning bosh moliyaviy muassasasi Senatga hisobdordir. Senat Markaziy bankning yillik hisobotini auditorlik tashkilotining хulosasi bilan birga koʻrib chiqadi.

 

Hujjat bilan MB uchinchi shaхslarga moliyaviy yordam koʻrsatish bilan shugʻullanishga, bundan oʻz tasarrufidagi tashkilotlar mustasno, tijorat faoliyatini amalga oshirishga, uchinchi shaхslarning, shu jumladan Hukumatning majburiyatlari boʻyicha kafolatlar berishga, banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaхslarning ustav fondlarida ishtirok etishga, bundan valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bankning faoliyatini ta’minlovchi oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno, haqli emasligi belgilandi.

 

Qonunning qabul qilinishi pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda yangi yondashuvlar hamda prinsiplarni tatbiq etishga va bank tizimini rivojlantirishning barqaror sur’atlarini qoʻllab-quvvatlashga, umuman bank tizimi va Markaziy bankning barqaror faoliyat olib borishi samarali nazorat qilinishini ta’minlaydi.