Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mehnat qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

15.02.2019

Rus tilida oʻqish

Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tomonidan OʻzLiDeP fraksiyasi va partiya Siyosiy Kengashi ijroiya qoʻmitasi hamkorligida 2019 yil 14 fevralda tashkil etilgan davra suhbatida fuqarolarning mehnat qilish huquqini ta’minlash masalalari koʻtarildi.

 

Tadbirda «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi keng muhokama qilindi.

 

Deputatlar ish beruvchining oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmaslik (MJTKning 492-moddasi), aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish (MJTKning 50-moddasi), mehnatga ma’muriy tarzda majburlash (MJTKning 51-moddasi) kabi holatlarda ma’muriy javobgarlikni kuchaytirib, jarima miqdorini oshirishni taklif qildilar. Shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik (JKning 257-moddasi) va gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatganlik (JKning 148-moddasi 1-qismi) uchun jinoiy javobgarlik normalari qayta koʻrib chiqildi.

 

Ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish tartibini buzish, ish oʻrinlarining majburiy attestatsiyasini oʻtkazishni rad etish va boshqa holatlarning uchrayotgani JK va MJTKga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi.

 

Chunonchi, 2017 yil va 2018 yilning birinchi yarim yilligida sudlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun 431 nafar shaхsga nisbatan 354 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan. Ish beruvchilar tomonidan ushbu sohada 37 mingdan ziyod huquqbuzarliklar sodir etilgan, 405 ta holatda kvota ish oʻrinlari yaratilmagan, 3300 ta vakant ish oʻrinlari yashirilgan, ish beruvchilarning 355 tasi fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilmagan.

 

Qoʻmita a’zolarining ta’kidlashicha, ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolarning mehnat huquqlarini, aholi bandligi va mehnat muhofazasi sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktika choralarini kuchaytirishni hamda bu sohadagi huquqbuzarliklarni toifalashda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini ta’minlash imkonini beradi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi materiallari asosida.