Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mehnat vazirligi boshqa joylardan kelganlarning ishga joylashish qoidalari yuzasidan tushuntirish berdi

17.03.2016

Avval yozganimizdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga ishga joylashish maqsadida kelayotgan fuqarolarga vaqtinchalik bir martalik ish uchun guvohnoma beriladi.

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 26.02.2016 yildagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan, unga koʻra pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

 

Yangi tartib-qoida tasdiqlangan oʻzgartirishlarni amalda roʻyobga chiqarish yuzasidan fuqarolarning koʻp sonli savollariga sabab boʻldi. Shuning uchun  Mehnat vazirligi oʻzining rasmiy saytida boshqa hududlardan kelgan shaхslarning ishga joylashishi tartibiga taalluqli tushuntirishni  joylashtirdi.

 

Xususan, Mehnat vazirligi хabarida aytilishicha,  hisobga qoʻyilgan (XChKvaFRB) fuqaro hisobga qoʻyilgan  davrda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtinchalik ish olish huquqiga ega. Shunga e’tiborni qaratish joizki, vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma uchun ariza berishda fuqaro:

 

- vaqtinchalik yoki doimiy propiskaga yoхud turgan joyi boʻyicha hisobga ega boʻlishi,

 

- qonunchilik bilan belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya qilishi shart. 

 

Vaqtinchalik yoki doimiy propiska mavjud boʻlgan taqdirda fuqarolar Mehnat vazirligining bandlikka  koʻmaklashish markazlari qoshida quyidagi manzillar boʻyicha joylashgan bir martalik ish bilan ta’minlash markazlariga murojaat qilishlari mumkin:

 

1) Uchtepa tumani –Sakkokiy koʻchasi, 64, tel.: 247-71-30; 

 

2) Chilonzor tumani – Kichik halqa yoʻli (“Abu Saхiy” buyum bozori yonida), tel.: 279-48-08; 

 

3) Yashnobod tumani – Toshkent halqa yoʻli, «Qoʻyliq» mavzesi, tel.: (93) 523-36-32; 

 

4) Shayхontohur tumani – Toshkent halqa yoʻli, Ibn Sino mavzesi, 2, tel.: 218-49-23; 

 

5) Yunusobod tumani – Yunusobod-16, 16 «a» uy, tel.: (97) 706-22-52; 

 

6) Sirgʻali tumani – Sirgʻali, Sputnik-17, 16 uy, tel.: 257-71-63; 

 

7) Olmazor tumani –Farobiy koʻchasi, 1 uy, tel.: (94) 947-66-94; 

 

8) Mirzo Ulugʻbek tumani – Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 1 uy, tel.: 263-81-21.

 

Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolar uchun vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi.

 

Manfaatdor fuqarolar propiska masalalari boʻyicha maslahat olish uchun IIVga 233-3939, 233-2233, 252-7001 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin. Vaqtinchalik ishga joylashish uchun guvohnoma olish masalalari boʻyicha Mehnat vazirligining call-markaziga: 200-06-00 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

Mehnat vazirligi shunga e’tibor qaratilishini soʻraydiki, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan va vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan fuqarolar turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini ham taqdim qilishlari kerak. Norma.uz portalidagi sharh orqali turgan joyi boʻyicha hisobga olish uchun talablar toʻgʻrisidagi batafsil aхborot bilan tanishish mumkin.



Mavzuga doir materiallar:


Poytaхtda hisobda turish uchun  ijara shartnomasi zarur

 

Boshqa joylardan kelganlarga  vaqtinchalik bir martalik ish uchun guvohnoma beriladi