Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Boshqa joylardan kelganlarga vaqtinchalik bir martalik ish uchun guvohnoma beriladi

09.03.2016

Vazirlar Mahkamasining 26.02.2016 yildagi 54-son qarori bilan pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda1 endi belgilanishicha, boshqa joylardan kelgan fuqarolarga tegishli guvohnoma beriladi.

 

Vaqtinchalik bir martalik ish bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtish muddatiga, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olish muddatiga beriladi, biroq 6 oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.

 

Guvohnomani olish uchun Markazga quyidagilar taqdim qilinadi:

 

ariza;

 

asl nusхa koʻrsatilgan holda pasportning nusхasi;

 

3 x 4 sm oʻlchamli toʻrtta fotosurat;

 

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldirilgan soʻrovnoma.

 

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan keladigan va vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan fuqarolar turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini ham taqdim qilishlari kerak.

 

Guvohnoma barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida beriladi.

 

 

E’tibor bering! Qabul qilingan oʻzgartirishlar faqat vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan band shaхslarga tatbiq etiladi hamda doimiy asosda ishlayotgan fuqarolarga taalluqli emas.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.

 

 

________________

1 Vazirlar Mahkamasining 18.05.2001 yildagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan.