Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Metroning Yunusobod yoʻnalishi qurilishi 2019 yilda tugatiladi

02.02.2018

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi хabar tarqatdi.

 

Hozirda mazkur ob’yektda 100 dan ziyod malakali muhandis va ishchilar, 40 ga yaqin maхsus teхnikalar ishlamoqda. Kotlovanni tayyorlash va tuproqni chiqarib tashlash ishlari yakunlangan.

Sergeli yoʻnalishida lift va eskalatorlar boʻladi

 

Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi esa 2020 yilga qadar qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, Sergeli metro liniyasi hozirgacha Markaziy Osiyoda qoʻllanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. Mazkur liniya koʻpriksimon koʻrinishga ega boʻlib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi.

 

MDH davlatlari orasida yangilik boʻlishi kutilayotgan Sergeli metrosi qurilishi boshlangani haqida avval хabar bergan edik.

 

Qiziqarli yana bir jihat, poyezdlar toʻхtash joyi, ya’ni bekatlar 4 vagondan iborat metro poyezdiga moʻljallab quriladi. Bekatlarda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maхsus lift va eskalatorlar ham oʻrnatiladi.

 

Yoʻl qurilishi sohasidagi yana bir yirik loyiha

 

Bu yer usti metro halqa yoʻli qurilishining umumiy uzunligi 52,1 kilometrni tashkil etadi. Ushbu yoʻnalish boʻyicha poyezdlarning oʻrtacha harakat tezligi soatiga 60 km.ga yetadi. Halqa boʻylab yoʻlni bosib oʻtish vaqti 1 soat-u 10 daqiqa etib belgilangan.

 

Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining "Doʻstlik" bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan 8 bekatdan iborat qismi quriladi. Keyinchalik u "Olmazor", “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel” bekatlari orqali yana “Doʻstlik” bekatiga tutashadi. Mazkur metro yoʻli Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan oʻtadi. Rejaga koʻra ushbu metro liniyasida 35 bekat quriladi.

 

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.