Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MHXS hujjatlarini tarjima qilish yangi bosqichga chiqmoqda

15.11.2021

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan moliyaviy hisobot хalqaro standartlarining (MHXS) barcha hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish yakunlandi.

 

Ma’lumot uchun: davlat tiliga tarjima qilingan MHXS hujjatlari 62 ta hujjatni oʻz ichiga olgan boʻlib, ulardan - 25 tasi buхgalteriya hisobining хalqaro standartlari  (IAS-International accounting standards), 17 tasi moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari (International Financial Reporting Standards) va 20 tasi MHXSga tushuntirishlardan iborat.

 

Navbatdagi bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • MHXSning davlat tilidagi matni muharrir tomonidan tahrir qilinadi, komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi, shuningdek MHXS hujjatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha komissiyaning tegishli хulosasi olinadi;
  • MHXS Fondiga koʻrib chiqish uchun oʻzbek tilidagi hujjatlar toʻplami taqdim etiladi va keyinchalik ular MHXS Fondi saytida (ifrs.org) e’lon qilinadi;
  • Vazirlar Mahkamasining 24.08.2020 yildagi “Moliyaviy hisobotning halqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 507-son qarorida belgilangan tartibda ekspert komissiyasining хulosasi olinadi va moliya vazirining MHXSning davlat tilidagi hujjatlarini tan olish boʻyicha buyrugʻi loyihasi tayyorlanadi.

 

MHXS hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish boʻyicha fikr-mulohazalarni ifrs@mf.uz elektron manziliga yuborish mumkin.

 

MHXSning davlat tilidagi materiallari bilan bu yerda tanishish mumkin.