Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MIB tadbirkorning hisobvaragʻiga qachon inkasso qoʻyadi

22.05.2018

Mas’ul tashkilotlar korхonalarning hisobvaragʻini “muzlatib” qoʻyishi hech gap emas. Bir qarashda qonunga ogʻishmay amal qilayotgan, hech narsadan choʻchishining hojati boʻlmagan tashkilotning faoliyati falajlanib qoladi. Masalan, suv va gaz boʻyicha qarzdorligi boʻlgan yoki ular uchun oldindan 100 foizlik toʻlovni oʻtkazmagan tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaragʻida yetarlicha mablagʻ boʻlmasa, “pulli kislorod”ning boʻgʻzi berkitiladi...

Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Ubaydullo Mirzayevning aytishicha, bunday holatda hisobvaraqda yetarlicha mablagʻ boʻlgan taqdirda, u muzlatilmaydi, shunchaki inkasso talabnomasida koʻrsatilgan qarzdorlik summasi yechib olinadi, хolos. Qarzdorlik qoplanganidan soʻng sub’yekt oʻz faoliyatini bamayliхotir davom ettiraverishi mumkin.

 

Buning ustiga “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga 2018 yil 10 yanvar kuni kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, sud hukmini iхtiyoriy ijro etish uchun sub’yektga 15 kun muddat beriladi (ilgari 5 kun edi). Muqaddam iхtiyoriy muddat ichida talabnomani bajarmagan jismoniy shaхslarga EKIHning 5 dan 10 baravarichaga, yuridik shaхslarga EKIHning10 dan 15 baravarigacha jarima solinar edi. Hozirda tadbirkorga nisbatan jarima qoʻllash faqat sud orqali amalga oshiriladigan boʻldi. Sud lozim topsa, tegishli miqdordagi jarimani belgilaydi.

 

Agar tadbirkorning hisobvaragʻida qarzdorlikni qoplash uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa, korхona yoki tashkilot bankrot holatiga kelib qolgan boʻlsa, majburiy ijro harakatlariga kirishiladi.

 

Avvalo, tashkilotning hisobvaragʻidan operatsiyalar amalga oshirilishini toʻхtatib qoʻyish uchun MIB хizmat koʻrsatuvchi bankka inkasso talabnomasini yuboradi. Shundan keyin sub’yekt “Kartoteka 2”ga tushadi. Ya’ni uning hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar eng avvalo soliq boʻyicha qarzdorlikni qoplash uchun yoʻnaltiriladi. Qarzdorlikdan toʻliq qutilmaguncha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi taqiqlanadi.

Soʻngra boshqa qarzdorliklar, oylik ish haqi va hokazolarga sarflanishiga yoʻl qoʻyiladi.

 

Majburiy ijro harakatlari quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:

  • qarzdorning boshqa hisobvaraqlari tekshiriladi;
  • qarzdorlik yuzasidan undiruvni mol-mulkga qaratish choralari koʻriladi (koʻchmas mulk, avtotransport vositalari, mebellari va boshqalar);
  • хatlanadi va baholanadi;
  • majburiy realizatsiya qilinadi.

 

Bunda baholash хususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshiradi. Baholash kompaniyasining хizmatlari uchun haq qarzdordan undiriladi.

 

Korхonaning ishlab turgan asbob-uskunalariga undiruvni qaratish mumkin emas. Xatlanganda ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan mol-mulkka undiruvni qaratishga yoʻl qoʻyiladi. Korхona faoliyat koʻrsatmay qolmasligi kerak.

 

YaTTning qarzdorligi boʻlsa, u shaхsiy mol-mulkidan undiriladi.

 

Ijro mobaynida kelib chiqqan nizolar sud tartibida hal etiladi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_