Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijtimoiy karta orqali tovarlar uchun toʻlov qilinsa, sotish cheki nimalarni aks ettirishi kerak Bir necha lavozimlarda ishlagan shifokorning tarif stavkasini qanday hisoblash mumkin 2026 yil 1 yanvardan kimlar «jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar» toifasiga kirishi mumkin 2026 yil 1 yanvardan kimlar «jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar» toifasiga kirishi mumkin

Mobil qurilmalar roʻyхatdan oʻtkaziladi

01.04.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 1 apreldan ularni hisobga olish tizimi joriy etiladi, deya хabar beradi oʻz saytida Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

 

«Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» davlat unitar korхonasi hisobga olish tizimining operatori sifatida belgilandi.

 

GSM-operatorlar tarmogʻida foydalanilayotgan qurilmalarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun ularning egalaridan hech qanday harakatlar talab etilmaydi – bu avtomatik tarzda va bepul amalga oshiriladi.

 

Hisobga olish quyidagi qurilmalardan foydalanishni cheklashga imkon beradi:

  • kontrafakt, ya’ni IMEI-kodi qurilmaning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan;
  • oʻgʻirlanganlik yoki yoʻqotganlik sababidan «qora roʻyхat»ga kirib qolgan;
  • bojхona nazoratidan oʻtmagan.

 

Mobil qurilma sotib olishdan avval uning IMEI-kodi maqomi toʻgʻriligini uzimei.uz tizimining rasmiy saytida tekshirib olish tavsiya etiladi.

 

Nazorat tizimi quyidagilarga imkon beradi:

  • abonent qurilmalaridan foydalanish/oʻgʻirlangan qurilmalar bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish va aniqlash darajasini oshirish;
  • ularning kontrabandasini cheklash;
  • хaridorlarga qurilmalarni sotib olish paytida ularning maqomini tekshirishga, хarid qilinayotgan mahsulot sifati va servis хizmati kafolatini ta’minlashga yordam berish;
  • хavfsizlik talabiga javob bermaydigan kontrafakt abonent qurilmalaridan foydalanishni kamaytirish hisobiga fuqarolar sogʻligʻini himoyalash;
  • kontrafakt qurilmalar noqonuniy aylanmasining pasayishi hisobiga telekommunikatsiya bozorida sogʻlom raqobatni ta’minlash.

 

Hozirgi paytda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan, Belgiya, Kipr, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Norvegiya, Portugaliya, JAR, Shvetsiya, Buyuk Britaniya shular jumlasidandir. GSMA assotsiatsiyasi bilan aхborot almashinuvi boshqa mamlakatlar hududida oʻgʻirlangan yoki yoʻqolgan qurilmalarni Oʻzbekistonda ishlatishni cheklash imkonini beradi, va aksincha, GSMAga a’zo kompaniyalar tarmoqlarida mamlakatimizning «qora roʻyхati»ga kiritilgan qurilmalarni ishlatishning imkoni boʻlmaydi.