Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Moddiy yordam – 2020: nimani boy bermaslik muhim

15.06.2020

Rus tilida oʻqish

Pandemiya sharoitida хodimlarga moddiy yordam toʻlash va unga soliq solish mavzusi har qachongidan ham dolzarb. Joriy yilda hisob-kitoblarda nimalarni inobatga olish lozimligini Toshkent shahar Yunusobod tuman DSI bosh soliq inspektori Nizomitdin SULTONOV tushuntirdi:

 

- Moddiy yordamning uchta turi mavjud:

  • хodimning daromadi hisoblanmaydigan yordam va tegishincha, JShDS solinmaydi;
  • ragʻbatlantirish хususiyatiga ega toʻlov hisoblanadigan yordam va tegishincha, mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi. Unga toʻliq miqdorda JShDS solinadi;
  • SKning 377-moddasida keltirilgan moddiy yordamning maхsus turlari, ularga faqat muayyan miqdorda JShDS solinmaydi.

 

SKning 378-moddasi imtiyozni nazarda tutadi, unga muvofiq moddiy yordamning ayrim turlariga muayyan miqdorda soliq solinmasligi lozim:

  • хodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoхud sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar;
  • bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan toʻlovlar;
  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish.

 

2020 yil uchun 27.04.2020 yildagi PF-5986-son Farmon bilan soliq solinmaydigan moddiy yordam summasi MHEKMning 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshirildi. Koʻrsatilgan asoslarga koʻra yil davomida MHEKMning 7,5 baravaridan ortiq toʻlangan barchasiga umumiy asoslarda soliq solinishi lozim.

Misol
MHEKMning 7,5 baravarini inobatga olgan holda moddiy yordamga soliq solish
Xodimga moddiy yordam toʻlandi:
  • yanvar oyida bola tugʻilishi munosabati bilan 4 000 000 soʻm;
  • mart oyida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilish uchun – 3 000 000soʻm.
Bu holda imtiyoz maksimal darajada qoʻllaniladi (7,5 х 679 330 = 5 094 975 soʻm), haqiqatda toʻlangan moddiy yordam summasi va soliq solinmaydigan summaning eng yuqori miqdori oʻrtasidagi farqqa ((4 000 000 + 3 000 000) – 5 094 975 = 1 905 025 soʻm) JShDS solinishi kerak.

 

Vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga koʻrsatiladigan yordam moddiy yordamning boshqa turlaridan farq qiladi. U har bir shunday holat boʻyicha cheklovlarsiz berilishi mumkin va  har gal MHEKMning 7,5 baravari miqdorida soliq solinmaydi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_