Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasini taqdim etdi

06.11.2019

Rus tilida oʻqish

Loyihadan byudjet jarayonidagi oʻzgarishlarni, 2020 yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini 2021-2022 yillarga moʻljallangan yoʻnalishlarni bilib olish hamda 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi, tashabbusli byudjetlashtirish bilan tanishish mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, «Fuqarolar uchun byudjet» – keng auditoriya e’tiboriga yetkazish uchun qulay formatda taqdim etilgan, Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi yigʻma ma’lumot. Uni chop etish 2018 yildan amalga kiritilgan.

 

E’lon qilingan loyihada 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460 mlrd soʻm yoki YaIMning 20%i miqdorida rejalashtirilgan, bu esa joriy yil yakuni boʻyicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd soʻmga koʻproqdir. Kutilayotgan tushumlarni baholashda iqtisodiyotning real oʻsishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojхona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narх va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan. Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmogʻini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendensiyasi saqlanib qoladi.

 

Kelgusi yilda Davlat byudjeti хarajatlari 131 104,5 mlrd soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23%ga koʻpdir. Ijtimoiy sohaga хarajatlar ulushi katta qismni – 66 018 mlrd soʻmni tashkil etadi, ularning yarmi yoki umumiy byudjet хarajatlarining 22,9%i ta’lim sohasiga, 14 842,6 mlrd soʻm – sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat va sport sohasiga, umuman olganda – 3 319,5 mlrd soʻm, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga – 6 573,7 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi, bu oʻtgan yildagiga qaraganda 23%  koʻproqdir, 8 trln soʻm fuqarolarning pensiya ta’minoti uchun хarajatlar doirasida Pensiya jamgʻarmasiga subsidiyalar tarzida zaхiraga beriladi.

 

2020 yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet YaIIga nisbatan 3 424,9 mlrd soʻm yoki 0,5% defitsit bilan koʻrsatilmoqda. Umumiy fiskal balans konsolidatsiyalashgan byudjet va davlat dasturi хarajatlarini hisobga olgan holda tashqi qarzlar hisobiga 17 819,0 mlrd soʻmni tashkil etadi.

 

Yil boshiga davlat qarzi $21,3 mlrd (YaIMga nisbatan 36,0%) miqdorida boʻlishi kutilmoqda, shundan tashqi qarzi $15,3 mlrd (YaIMga nisbatan 25,4%)ni tashkil etadi. Kreditorlar kesimida хorijiy davlatlardan (qolganlariga nisbatan Xitoy va Yaponiyadan koʻproq) olingan qarzlar $6,7 mlrd ni, хalqaro moliya institutlaridan $7,7 mlrd ni (51%i - OTB) va investorlar hisobiga $1 mlrd ni tashkil etadi. 2020-2022 yillarda tashqi qarzlarni soʻndirishga $1 567,4 mln ni yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.     

 

2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarga litimlar belgilanmoqda:

  • davlat nomidan yoki Hukumat kafolati ostida tashqaridan mablagʻlarni jalb etish boʻyicha yangidan imzolangan bitimlar – $4 mlrd;
  • davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostidan jalb etiladigan (oʻzlashtiriladigan), kelgusi yillarda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga soʻndiriladigan qarzlar – $1,5 mlrd.   

 

2019 yildan tashabbusli byudjetlashtirish dastaklari joriy etilmoqda, bunda tumanlar (shaharlar) byudjetlarining qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 10%i jamoatchilik fikri asosida oʻtkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Meхanizmlar openbudget.uz portali vositasida amalga oshiriladi. 2019 yil I chorak yakunlariga koʻra jami respublika boʻyicha 4 049 ta ovoz va takliflar bildirilgan, ularni moliyalashtirishga 28,9 mlrd soʻm ajratilgan. II chorakda tashabbuslar 5 baravarga koʻpaygan, ularga 48,3 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan. Asosiysi bular obodonlashtirish va ta’lim muassasalarini ta’mirlash ishlaridir.         

 

«Fuqarolar uchun byudjet. 2020 yilgi loyihasi» toʻliq matni bilan havola orqali oʻtib tanishish mumkin. 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_