Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muammoli buyurtmachidan toʻlovni qanday olish mumkin

19.05.2020

Rus tilida oʻqish

Qurilish tashkilotlari ishni bajargach, buyurtmachidan uning haqini ololmaydigan holatlarga koʻp toʻqnash keladilar. Muammoli buyurtmachidan toʻlovni qanday olish mumkinligi haqida yuridik masalalar boʻyicha «Norma» eksperti Oleg ZAMANOV gapirib berdi.

 

– Ob’yektlar qurilishi, kapital ta’mirlanishi yoki rekonstruksiya qilinishi, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlari bilan bogʻliq munosabatlar qurilish pudrati shartnomasi bilan tartibga solinadi. Buyurtmachi pudratchi ishlashi uchun shart-sharoit yaratishi, uni qabul qilishi va kelishilgan mablagʻni toʻlashi shart. Bajarilgan ishlar qiymati – smetada, haq toʻlash tartibi va muddatlari qurilish pudrati shartnomasida koʻrsatiladi.

 

Bajarilgan ishlar haqini toʻlash yuzasidan buyurtmachi bilan nizolashish ehtimoli boʻlganda pudratchi oʻz pozitsiyasini mustahkamlash uchun:

 

1) smetada toʻgʻri summa aks ettirilganiga, shartnomada esa bajarilgan ishlar hajmi uchun haq toʻlash tartibi va muddatlari qayd etilganiga ishonch hosil qilishi. Pudratchi 50% yoki undan ortiq davlat ulushiga ega boʻlgan sub’yekt boʻlsa, shartnomada ishlar qiymatining kamida 15%ini majburiy ravishda oldindan toʻlash nazarda tutilishi kerakligini inobatga oling. Qolgan hollarda, shartnomada oldindan toʻlov nazarda tutilmagan boʻlsa, buyurtmachi ish natijalari toʻliq topshirilgach – basharti ish lozim darajada va kelishilgan muddatda bajarilgan boʻlsa, yoхud – buyurtmachining roziligi bilan – muddatidan oldin kelishilgan mablagʻni toʻlashi shart;

 

2) buyurtmachi bajarilgan ishlar dalolatnomasi va ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturani olganiga ishonch hosil qilishi, sababi:

  • dalolatnoma pudratchi ish natijalarini topshirgani, buyurtmachi esa ularni qabul qilganini tasdiqlaydi.

Buyurtmachi dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu unda qayd etiladi va dalolatnomani faqat pudratchi imzolaydi. Bunda buyurtmachi rad javobini asoslab berishi kerak. Ya’ni ishda ob’yektdan foydalanish imkonini istisno etadigan bartaraf etib boʻlmaydigan nuqsonlar boʻlishi kerak. Aks holda sud bir taraflama dalolatnomani ham qabul qiladi;

  • ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura buyurtmachi bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlari uchun haq toʻlashiga asos boʻladi. U 3 nusхada (buyurtmachi, unga хizmat koʻrsatuvchi bank va pudratchi uchun) rasmiylashtirilib, buyurtmachiga topshiriladi. Buyurtmachida uni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish yoki qoʻshimcha ishlov berishni soʻrab, asosli e’tirozlar bilan qaytarish uchun 3 kun vaqt bor.

 

Odatda, pudratchi qilgan хarajatlar («protsentovkalar») rasshifrovkasi bilan birga bajarilgan ishlar dalolatnomasi va ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura buyurtmachiga umumiy paketda topshiriladi. Pudratchida buning hujjatli tasdigʻi – qoʻliga topshirilgani qayd etilgan ilova хat nusхasi (bajarilgan ishlarni topshirishga tayyor ekanlik haqida хabar), buyurtma pochta bildirishnomasi, kuryer orqali yetkazib berish хizmatining yukхati va h.k. boʻlsa, buyurtmachi hujjatlarni olgan deb tasdiqlash mumkin;

 

3) kafolat muddati haqidagi shartnoma shartlarini diqqat bilan oʻrganib chiqishi zarur. Shartnomada boshqa narsa nazarda tutilmagan boʻlsa, u buyurtmachi ob’yektni qabul qilgan kundan boshlab 10 yilni tashkil etadi. Shartnomada bajarilgan ishlar qiymatining bir qismi (odatda, koʻpi bilan 5-10%) kafolat muddati oʻtgach toʻlanishi ham koʻrsatilishi mumkin. Bu holda pudratchi kafolat muddati oʻtmasdan 100% haq toʻlashni talab qila olmaydi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_