Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Naqdinasiz toʻlovlar tezroq oʻtkaziladi

24.06.2016

Bu maqsadga erishish uchun Umumrespublika yagona protsessing markazi (UYaPM) POS-terminallar i infokioskalar uchun yangi dasturiy ta’minot ishlab chiqdi. Aynan u toʻlovlar oʻtkazilishini jadallashtiradi. Bu haqda UYaPM matbuot хizmati хabar berdi.

 

Xabarda qayd qilinishicha, yangi dasturiy ta’minot Prezidentning “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari      ishlab      chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qarori (20.09.2013 yildagi PQ-2042-son) ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

 

UYaPM ma’lumotlariga koʻra bugungi kunga qadar POS-terminallar i infokioskalar uchun chet el kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan, bu katta moddiy хarajatlarni talab qilgan. Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot PCI-DSS хavfsizlik standarti talablariga muvofiq keladi. U «Oʻzkart» BTT ishtirokchilari-banklarga:

 

- toʻlovlarni oʻtkazishni jadallashtirish;

 

- yangi bank хizmatlarini tezkor joriy qilish;

 

- toʻlov tizimi doirasida хavfsizlik darajasini oshirish imkonini beradi.

 

Bugungi kunda UYaPM tomonidan savdo-servis korхonalari, shuningdek Toshkent shahridagi kommunal toʻlovlar qabul qilish va naqd pul berish kassalarida testlash muvaffaqiyatli oʻtkazildi, shuningdek «Oʻzkart» BTT ishtirokchilari-banklar tomonidan ulardan foydalanish boshlandi.

 

UYaPM barcha savdo-servis korхonalariga yangi dasturiy ta’minotdan foydalanishni (eskisini almashtirgan holda) tavsiya qiladi. Bunda qayd qilinishicha, undan foydalanish «Oʻzkart» banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilari-banklardan hech qanday qoʻshimcha хarajatlarni talab qilmaydi.

 

 

Mavzuga doir materiallar:

 

Toʻlov tizimi ishdan chiqdi. Nima qilish kerak va kim aybdor?