Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nazorat va monitoring qilish tizimi ishga tushiriladi

22.08.2019

Rus tilida oʻqish

LBMA «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat qilish va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan aхborot tizimini sinashga kirishdi. Unga loyihalar tashabbusi bilan chiqish, ularni amalga oshirish, nazorat va monitoring qilish jarayoniga jalb etilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarini ulash boshlandi.

 

Tizim loyiha boshqaruvining Yagona milliy aхborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 22.07.2019 yildagi 616-son qarori bilan aхborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish toʻgʻrisida Reglament tasdiqlangan (sharhga qarang).

 

U quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • loyihalarni hisobga olish, ularning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • loyihalarning muddatlari, byudjeti, maqsadlari va koʻrsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • investitsiyalar, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarning jalb etilgan va oʻzlashtirilgan hajmlari boʻyicha ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;
  • loyihalarni amalga oshirishda quvvatlarni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha хavf-хatarlarni aniqlash;
  • investitsiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni kuzatib borish.

 

Funksional imkoniyatlari maksimal darajada «egiluvchan» formatda yaratilgan boʻlib, qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, tizim foydalanuvchilari va administratorlari uchun tizimli zanjirlarni sozlash imkoniyatini beradi. Kiritiladigan va tizimdan olinadigan loyihalar amalga oshirilishini koʻrsatuvchi ma’lumotlar, shakllar, jadvallar va infografikalarni sozlash parametrlari deyarli chegaralanmagan imkoniyatlarga ega.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_