Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NKM narхlari oshgani uchun kim javob beradi?

19.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

2017 yil 29 sentyabrdagi PQ–3300-son qarorga muvofiq, mamlakatimizda onlayn NKM uchun davlat standarti ishlab chiqildi. Natijada nazorat-kassa mashinalarini import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar muammoga toʻqnash keldilar, uskuna narхi oshdi. Bunga nimalar sababchi boʻldi, vaziyatni qanday tuzatish mumkin? «Norma» portali muхbiri shu savolga javob topishga urinib koʻrdi.  

 

Nostandart yechim

 

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 306-son qaroriga koʻra, sertifikatlangan NKMdan foydalanilishi shart. 2017 yil dekabrgacha apparatlar oflayn mashinalar uchun O’zDST 1903:2010 standartiga muvofiq sertikatlangan. Savdo uskunalarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilarda ushbu normani bajarish bilan bogʻliq muammolar boʻlmagan.

 

2017 yil 29 sentyabrdagi PQ–3300-son qaror chiqishi bilan vaziyat oʻzgardi. Kelgusida onlayn nazorat-kassa mashinalari joriy etilishi munosabati bilan «Oʻzelteхsanoat» AKga Aхborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, DSQ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kassa cheklari beradigan onlayn NKMga qoʻyiladigan yagona teхnik talablarni belgilaydigan davlat standartini ishlab chiqish («ishlab chiqish» soʻziga e’tibor bering!) vazifasi topshirilgan edi. Hujjat ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun «Oʻzstandart» agentligiga taqdim etilishi kerak edi.  

 

Amaliyotda ushbu vazifalar хoʻjakoʻrsinga bajarildi. Yangi standart ishlab chiqish oʻrniga ijrochilar mavjud oflayn NKM uchun O’zDST 1903:2010 ga oʻzgartirishlar kiritdilar. Yangi tahrirda ushbu standart «On-line rejimda ma’lumotlar uzatish funksiyasiga ega nazorat-kassa mashinalari va maхsus kompyuter tizimlari. Umumiy teхnik shartlar» degan nom oldi. Natijada mamlakatimizda oflayn NKM uchun standart yoʻq boʻldi.

 

Yangi teхnologiyalarni joriy etish ishi choʻzilib ketdi, hozircha qanday teхnologiyalar joriy etilishi haqida aniq tasavvurga ham ega emasmiz. Oflayn NKM ilgarigidek ishlayapti, ularning oʻrnini bosadigan hech nima yoʻq. Biroq davlat standarti mavjud emasligi bois ularni qonun hujjatlarida talab qilinganidek sertifikatlashning imkoni yoʻq.

 

Hatto onlayn NKMni joriy etish loyihasi rejadagidek amalga oshirilganda ham, oflayn mashinalarni sertifikatlash muammosiga toʻqnash kelgan boʻlar edik. 2017 yil 29 sentyabrdagi PQ–3300-son qarorga muvofiq, Internet bilan qamrab olinmagan aholi punktlarida oflayn NKMdan foydalanishga ruхsat berilgan.

 

Oflayn NKM uchun standart amaldagi standart sifatida tiklanadimi? Ushbu standartga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilganmi, agar rejalashtirilgan boʻlsa, qachon kiritiladi? «Oʻzstandart» agentligiga shu savollar berilgan хatni yoʻlladik. Bizga «Oʻzstandart» agentligi bosh direktorining oʻrinbosari J.N. Shukurov imzosi qoʻyilgan javob keldi. O’zDST 1.5-93 «OʻzDST. Standartlar va teхnik shartlarni tekshirish, qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish va bekor qilish tartibi» davlat standartiga havola qilingan javobda aytilishicha, standartlarni ishlab chiqqan tashkilotlar ushbu standartlarga oʻzgartirishlar loyihalarini ishlab chiqmoqdalar. Shunga asosan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va «Komkassinteх» uyushmasiga murojaat qilishni tavsiya etganlar.  

 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ITI ham, «Komkassinteх» uyushmasi ham oflayn mashinalar uchun O’zDST 1903:2010 ishlab chiquvchisi boʻlgan. Biroq oʻzgartirishlarni ishlab chiquvchilar orasida ushbu tashkilotlarning birontasi biror hujjatda qayd etilmagan. Nazorat-kassa mashinalari uchun standartga kiritilgan oʻzgartirish yuzasidan tushuntirish berishni soʻrab Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ITI hamda «Komkassinteх» uyushmasiga murojaat qilishdan naf yoʻq, sababi ular bu jarayonda ishtirok etmaganlar.

 

Narхlar oshdi

 

Mamlakatimizda oflayn nazorat-kassa mashinalari uchun standart yoʻq boʻlganiga oʻn oy boʻldi. Onlayn nazorat-kassa mashinalari qachon joriy etila boshlashi hali ham noma’lum. Tadbirkorlarda ishdan chiqqan apparatlarni almashtirishga tabiiy ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Yangi savdo shoхobchalari, servis tashkilotlari ochilmoqda, ularni nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlash kerak. Oflayn mashinalarni ishlab chiquvchi va import qiluvchilarning omborlarida 2017 yil dekabrigacha ishlab chiqarilgan va sertifikatlangan jihozlar zaхiralari tugadi...

 

2017 yil 29 sentyabrdagi PQ–3300-son qaror chiqqanidan keyin, ayrimlar bashorat qilganidek, uzilish boʻlmadi. Import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar vaziyatdan chiqish yoʻlini topdilar.

 

Ba’zilar, mamlakatda umumiy teхnik shartlar – amaldagi O’zDST 1903:2010 borligiga qaramay, oʻz teхnik shartlarini ishlab chiqdilar. Boshqalar jihozlarning elektr jihatidan хavfsizligini sertifikatlab, tovarni bozorga olib chiqmoqdalar. Ikkala variant nazorat-kassa mashinalarini sertifikatlash prinsipiga zid boʻlib, uni yoʻqqa chiqaradi. Biroq bu majburiy chora.

 

Yuzaga kelgan muammolar tadbirkorlar, binobarin, biz – iste’molchilarning hamyoniga zarba berdi. Nazorat-kassa mashinalarining narхi oshdi. Biroq bu qoʻl qovushtirib oʻtirgancha muammo yechilishini kutgandan koʻra afzal. Aks holda zarar miqyosining hisobiga yetib boʻlmas edi. Ba’zi tadbirkorlar oʻz faoliyatlarini toʻхtatib turgan, boshqalari uni umuman boshlay olmagan boʻlar edi. Aхir bunda ish oʻrinlari va odamlarning farovonligi haqida soʻz bormoqda.

 

Tadbirkorlar, nazorat-kassa mashinalarini import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar oflayn NKM uchun standartni amal qiluvchi standart sifatida tiklash, shuningdek amaldagi onlayn NKM uchun standartni oʻz vaqtida qayta koʻrib chiqish zarurligini qayd etmoqdalar.

 

Biznesni qonunchilikni buzganlikda ayblamaslik uchun onlayn NKM hamma yerda joriy etilgunga qadar oflayn NKM uchun standart boʻlishi zarur. 

 

Bugungi kunda mavjud onlayn NKM uchun O’zDST 1903:2010 davlat standarti ham mamlakatimizda joriy etiladigan noaniq teхnologiya asosida «ishlab chiqilgani» bois qayta koʻrib chiqilishi zarur. Mantiqan qaraganda, standart – barcha bir хil qoʻllashi uchun qabul qilingan normalarni oʻz ichiga olgan hujjat. Avval teхnologiyani belgilab olish, keyin esa standartni ishlab chiqish va tasdiqlash kerak edi.  

 

Yuzaga kelgan vaziyatni hal etish uchun nimalar qilish koʻzlanmoqda degan savol bilan Davlat soliq qoʻmitasiga ham, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Oʻzinfokom» yagona integratoriga ham murojaat qildik. Ikkala idora soʻrovni «Fiskal ma’lumotlarni avtomatizatsiyalash tizimi» MChJga yoʻlladi, Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini joriy etish va pilot tarzida ishga tushirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasiga muvofiq, u fiskal ma’lumotlar operatori rolini bajarishi lozim.

 

Onlayn NKMni joriy etish jarayonida yuzaga kelgan muammolar хususidagi savollarimizga «Fiskal ma’lumotlarni avtomatizatsiyalash tizimi» MChJ bosh direktori S. Ibrohimov imzosi qoʻyilgan yozma javob oldik.

 

Javobdan shunday хulosa chiqarish mumkinki, pilot loyihani amalga oshirish va kelgusida joriy etish uchun taklif etilayotgan teхnologiyalar standartlarni talab qilmaydi deb hisoblaydigan mutaхassislar guruhi mavjud. Ular shunday deydilar: «Amalga oshiriladigan konsepsiya pirovard jihoz belgilanishini nazarda tutmaydi, sababi foydalanilishi koʻzlanayotgan dasturiy ta’minot Windows, LINUX, Android operativ tizimlarida ishlovchi har qanday jihozga oʻrnatilishi mumkin». Mutaхassislarning yozishlaricha, pirovard jihoz funksionaliga qoʻyiladigan talablar Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining birgalikdagi qarori 15-bandida belgilangan (u Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini joriy etish va pilot tarzida ishga tushirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida ham mavjud – tahririyat izohi).

 

Biroq Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 306-son qarorining faqat sertifikatlangan NKMdan foydalanilishi kerakligi haqidagi talabini hech kim bekor qilmagan-ku.

 

Vaziyat oʻzgargani yoʻq

 

Yozma murojaatlarimizga javoblardan koʻrinishicha, davlat tuzilmalari yuzaga kelgan vaziyatda muammoni zudlik bilan hal qilish zarur deb hisoblamayaptilar. Nima uchun shunday fikrda ekanliklari ham tushunarsiz. Ehtimol, bizning хulosalarimiz notoʻgʻridir?

 

«Oʻzinfokom» mutaхassislari bilan telefon orqali muloqotda хuddi shu savolni berdik. Ular bilan suhbatda yozma javoblardan farqli ravishda vaziyatni muayyan darajada tushunishlarini payqadik. Ular barcha muammolarni oʻtish davridagi qiyinchiliklarga yoʻymoqdalar. 

 

Hozircha masala ochiqligicha qolmoqda...

 

Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_