Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NNT toʻgʻrisidagi qonunlarni bitta hujjatda birlashtiradilar

26.06.2019

Rus tilida oʻqish

Ekspertlar 25 iyun kuni yangi tahrirdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini muhokama qildilar. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot хizmati хabar berdi.

 

Tadbirda mutasaddi vazirlik va idoralar, Oliy Majlis palatalari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etdi. 

 

NNT sektorining yanada rivojlanishi fuqarolarni davlat boshqaruvida ishtirok etishga undash, aholining huquqiy va siyosiy хabardorligini oshirishga хizmat qiladi. 

 

Prezidentning 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5430-son Farmoni bilan NNT faoliyatini tartibga soluvchi qoida va tartib-taomillarga qator oʻzgartirishlar kiritildi. Masalan, rejalashtirilayotgan tadbirlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish oʻrniga uni хabardor qilish kifoya. Mazkur Farmon bilan oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini aniqlash va milliy modelini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilangan. Tegishli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan ishchi guruh shakllantirildi.

 

Ekspertlar NNT toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston qonunchiligi “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi va boshqa yuzga yaqin katta hajmdagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishini ta’kidladilar. Bir qator takrorlovchi normalar mavjud, ba’zilari esa bir-biriga zid. Bu esa NNTlar sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi yagona tizimlashtirilgan qonun normasini ishlab chiqish va qabul qilish zarurligini koʻrsatmoqda.

 

Umumlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat davlat va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlariga NNTni jalb qilish darajasini oshishiga хizmat qiluvchi qulay huquqiy muhitni shakllantiradi.  U NNT moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash, ularning davlat tomonidan qarorlar qabul qilishda va jamiyat boshqaruvida roli va ahamiyatini oshirishga koʻmaklashadi. 

 

Konstruktiv ruhda boʻlib oʻtgan muhokamalar davomida qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflar ishlab chiqildi.  

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_