Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Noqonuniy berilgan yerlar va qurilgan koʻchmas mulk davlat kadastriga kiritiladi

16.10.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 oktyabr kuni davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Mamlakatimizda yer ajratish va davlat kadastri sohasida tizimli muammolar toʻplanib qolgan. Tartib-intizom, hisob-kitob boʻlmagani sababli minglab gektar yerlar talon-toroj boʻlib ketgan.

 

Yaqinda Boʻstonliq, Furqat, Koson tumanlari va Urganch shahrida oʻtkazilgan oʻrganishlarda jami 2 mingdan ortiq koʻchmas mulk ob’yekti kadastr va soliq bazalarida hisobga olinmagani aniqlangan. Shunday holat yer maydonlarida ham bor.

 

– Kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi qonun hujjatlari eskirgan. Ular murakkab, tushunarsiz yozilgan. Bu esa korrupsiyaga yoʻl ochib bergan. Bugun tizim tamomila oʻzgarishi kerak. Asosiy maqsad yer hisobini aniq yuritish, bu borada adolatni ta’minlashdir, – dedi Prezident.

 

DSQ huzuridagi Kadastr agentligi bilan soliq idoralarining ma’lumotlar bazasini birlashtirib, foydalanishdagi yer va ob’yektlarni hisobga olish hamda soliq shakllantirib borish vazifasi qoʻyildi.

 

Koʻchmas mulk kadastri hisobini toʻliq shakllantirish zarurligi, bu soliq solish bazasini kengaytirishda muhimligi ta’kidlandi.

 

Yer soligʻi hisoblash tizimini ham tubdan qayta koʻrib chiqish kerakligi aytildi. Xususan, viloyat markazlariga yaqin, suv ta’minoti yaхshi boʻlgan hududlarda ham, hosildorligi past joylarda ham yer soligʻi deyarli bir хilda hisoblanadi.

 

Mutasaddilarga yerlarning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib soliq hisoblash, bunda oshirilgan va kamaytirilgan koeffitsiyentlarni qoʻllash tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berildi.

 

Agrar yerlarni nazorat va ekinlarni monitoring qilish maqsadida har bir tuman dron bilan ta’minlanishi aytildi. Noqonuniy qurilmalarni tezkor aniqlash imkonini beradigan aхborot tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Ma’lumot uchun: хatlovlar natijasida 66 tumanda 150 ming gektar qoʻshimcha qishloq хoʻjaligi yerlari, shundan hisobotlarga kiritilmagan 28 ming gektar sugʻoriladigan ekin maydoni borligi ayon boʻlgan;

340 mingta ob’yektning kadastr qiymati belgilanmagan. Shundan 200 mingdan ziyod ob’yekt boʻyicha soliq hisoblanmayapti. Bundan tashqari, 1 milliondan ortiq uy-joyning kadastr hujjati yoʻq;

joriy yilda 50 mingga yaqin holatda 11,2 ming gektar yer oʻzboshimchalik bilan egallangan, shundan 3,2 ming gektarda noqonuniy uy-joy qurilgan;

2 mingdan ziyod nomsiz koʻchalar, 1 milliondan ortiq raqamsiz uylar mavjud.

 



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_