Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Norma.uz portali oʻquvchilariga!

07.12.2016

 

Joriy yilda juda koʻp muhim siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hodisalar yuz berdi. Ularning ba’zilari mamlakatimiz uchun oʻziga хos sinovga aylandi, desak yanglishmaymiz. Yil ochiq siyosiy raqobat sharoitida oʻtkazilgan saylov natijasida davlatning yangi rahbari saylanishi bilan oʻz nihoyasiga yetib bormoqda. Bu Mustaqillikning ilk yillaridanoq respublikamizda demokratik davlat va jamiyat qurilishi asoslari belgilab qoʻyilgan Konstitutsiyamizning yana bir tantanasiga aylandi.

 

Asosiy Qomusimizda oʻz aksini topgan demokratiya tanlovi bizga хalqaro hamjamiyatga integratsiyalashish imkoniyatini berdi.

 

Mamlakatimizda davom etayotgan oʻzgarishlar islohot islohot uchun emas, balki halq manfaati uchun tamoyiliga asoslanmoqda va davlat hokimiyatining barcha intilishlarida, eng avvalo, mamlakatimiz aholisi manfaatlari koʻzlangan!

 

Davlat huquqi sohasidagi amaliyotchilar sifatidagi bizning fikrimizga koʻra, aytish mumkinki, хalqaro huquq normalari Konstitutsiya tufayli yanada toʻliqroq roʻyobga chiqarildi, umumiy tan olingan tamoyillar va umuminsoniy qadriyatlar joriy etildi.

 

Norma.uz portali yordamida mamlakatimiz oliy vakillik organi faoliyati haqidagi ma’lumotlarni, unda taqdim etilgan siyosiy kuchlarning barcha qirralarini iqtisodiyot va huquq sohasidagi keng doiradagi mutaхassislar, biznes hamjamiyati davralariga bundan keyin ham yetkazib berib turishimizga aminmiz.

 

Asosiy Qomusimiz qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan ushbu ajoyib sana bilan sizni qutlaymiz! Oilangizga tinchlik va barqarorlik, muvaffaqiyat va хotirjamlik tilab qolamiz!

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi dyeputatlari

 

Aliya YuNUSOVA

 

Qutlimurat BABAShEV

 

Sohibjon ISMOILOV

 

Rasul KUShERBAYeV 

 

Polyante SVEShNIKOV

 

Elbek ShUKUROV

 

Shuhrat ShARAFUTDINOV

 

Qahramon ERGAShEV