Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisi 3 may kuni boʻlib oʻtadi

29.04.2019

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Senati Kengashining 2019 yil 26 aprel kuni boʻlib oʻtgan majlisida Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisini joriy yilning 3 may kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Yalpi majlis kun tartibiga “Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi, “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida”gi (sharhga qarang), “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida”gi, “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi (sharhga qarang) qonunlar kiritilgan.

 

Shuningdek, senatorlar Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks, Iqtisodiy protsessual kodeks hamda boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonunlarni ham koʻrib chiqadilar.

 

Shu bilan birga, yalpi majlisda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019 yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini, shuningdek Markaziy bankning, prokuratura organlarining, Hisob palatasining 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari eshitiladi.

 

Yalpi majlisda Toshkent viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham tinglanadi.

 

Senat a’zolari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash masalalari, suv ob’yektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan Hukumat a’zolariga parlament soʻrovlari yuborish, shuningdek ilgari yuborilgan parlament soʻrovlari natijalarini muhokama qiladilar.

 

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senatining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqiladi.

 

Oliy Majlis Senatining
Aхborot хizmati
materiallari asosida