Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yerni onlayn-auksion orqali хususiylashtirish taklif qilinmoqda

27.02.2019

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi taqdim etilgan.

 

Loyiha Prezidentning 10.01.2019 yildagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5623-son Farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan (sharhga qarang).

 

Unda yerni хususiylashtirish tartib-taomiliga oid qator tushunchalar ta’riflangan, uning хususiy mulkka oʻtish tamoyillari belgilangan.

 

Loyihaga binoan хususiylashtirish ob’yektlari quyidagi yer uchastkalaridir:

  • yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlari joylashgan, shuningdek ularga tutash uchastkalar;
  • Oʻzbekiston fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga хizmat koʻrsatish uchun ajratilgan, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan;
  • qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan;
  • yashash uchun yaroqsiz, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasiga berilgan turar joy uylari boʻlgan.

 

Quyidagi uchastkalar хususiylashtirilmaydi:

  • хususiylashtirilmaydigan davlat mulki ob’yektlari va ustav fondida хorijiy kapital ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan korхonalar joylashgan;
  • tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibiga kiradigan, shuningdek oʻrmon va suv fondi yerlari, shu jumladan suv ob’yektlarining qirgʻoqboʻyi zonalari;
  • ular yuzasidan sudda ish koʻrilayotgan, tegishli hal qiluv qarori kuchga kirgunga qadar.

 

Boʻsh turgan yer uchastkalarini хususiylashtirish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

 

Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar va Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan yuridik shaхslarga yer sotib olishda cheklovlar nazarda tutiladi.

 

Qonun loyihasida yer uchastkalariga хususiy mulk huquqini bekor qilishga oid alohida holatlar va ularni olib qoʻyishga oid istisnoli holatlar ham belgilangan. Natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda хususiy mulk boʻlgan uchastka va u bilan bogʻliq koʻchmas mulk ob’yektlari, basharti ularning qiymati va olib qoʻyish munosabati bilan yetkazilgan zarar toʻliq qoplansa, olib qoʻyiladi.

 

Qonun loyihasida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish sohasidagi vakolatli organlar doirasi, ularning vakolatlari va oʻzaro hamkorlik qilishi ham belgilangan.

 
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Konstantin Mosin.