Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Mehnat kodeksi koʻrib chiqiladi

11.03.2022

Rus tilida oʻqish

10 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisini 2022 yil 17 mart kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Ikki kun davomida boʻlib oʻtadigan yalpi majlis doirasida bir qator masalalar, jumladan quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:

  • “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”;
  • “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”;
  • “Kiberхavfsizlik toʻgʻrisida”;
  • “Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”;
  • “Reklama toʻgʻrisida”.

 

“Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Inson a’zolari va toʻqimalarining  transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan  Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar muhokama etilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, senatorlar Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi.

 

Yalpi majlisda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini oʻzgartirish va Koʻkdala tumanini tashkil etish masalasi koʻrib chiqiladi.