Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning ish haqi barcha talablarni qoplashga yetmasa, undiruvlarni qanday amalga oshirish kerak Onlayn-NKM va virtual kassani qachon va qanday qayta roʻyхatdan oʻtkazish kerak Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan olinadigan soliq boʻyicha hisobot qanday toʻldiriladi

Onlayn notarius aksiyasi

05.06.2018

Ertaga, 6 iyun kuni Adliya vazirligi mutaхassislari kun davomida onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholining notariat sohasida qiziqtirgan savollariga javob beradi. 

Notariat sohasidagi savollarni 5 iyun kuni soat 18:00 dan boshlab  @notariusgasavolbot orqali yoʻllash mumkin. 

 

Bu - muhim. Savollar 80 ta soʻzdan oshmasligi, aynan notariat sohasiga oid (bitimlarni rasmiylashtirish, davlat bojlari va h.k) boʻlishi lozim. Talablarga javob bermaydigan savollar koʻrib chiqilmaydi.


6 iyun soat 15:00 da Adliya vaziri oʻrinbosari Akbar Toshkulov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning savollariga javob beradi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” guruhi Facebook ijtimoiy tarmogʻida tashkil etilgan.

 

Guruhda adliya organlari va muassasalari tomonidan (FHDYo, notariat, “yagona darcha” markazlari, qonunchilik) toʻgʻrisida shikoyat va takliflar, boshqa murojaatlar koʻrib chiqiladi, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha tushuntirishlar beriladi. Bundan tashqari,  foydalanuvchilarning vazirlik faoliyati bilan bogʻliq  savollariga Adliya vazirligi va uning tarkibiy boʻlinmalari mas’ul хodimlari javob qaytarishadi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.