Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTMda ta’lim uchun haq toʻlovchilar uchun uchta muammo

19.11.2020

Rus tilida oʻqish

28 yoshli talabaning OTMda ta’limi uchun haqni uning eri toʻlasa, SKning 378-moddasi 16-bandida nazarda tutilgan JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi? Agar talaba uchun bir yoʻla oilaning uchta a’zosi haq toʻlasa,  haq toʻlashda ishtirok etish ulushini qanday tasdiqlash mumkin? Kontrakt haqini toʻlashda bank foiziga imtiyozni qoʻllasa boʻladimi?

 

Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Yunusobod DSI bosh soliq inspektori  Nizomiddin SULTONOV javob berdi:

 

1. Norma ruscha va oʻzbekcha variantlarda - farq qiladi

 

- Talaba uchun yoshga doir cheklovga nisbatan savolni bugungi kunda koʻplar berishadi, sababi Soliq kodeksida oʻzbek tilida va uning rus tilidagi tarjimasida ushbu norma  turlicha ifodalanadi.

 

Oʻzbek tilidagi matndan erining (хotinining) хotinining (erining) yoshi muhim emasligi, rus tiliga tarjimadan esa – imtiyozni faqat ta’lim olayotgan erining (хotinining) yoshi 26 oshmagan taqdirda qoʻllash mumkinligi kelib chiqadi.

 

Mazkur vaziyatda “Davlat tili haqida”gi Qonunning 8-moddasiga amal qilish zarur, unda bunday deyilgan: “Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.

 

Ya’ni – agar rasman yondashilsa – oʻzbek tilidagi SKning 378-moddasi 16-bandida yozilgan normaga rioya qilish lozim. Bu shuni anglatadiki, ushbu normani qoʻllash uchun хotinining yoshi ahamiyatga ega emas.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_