Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Patent vakillarini qayta attestatsiyalashning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida

04.10.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning «Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar ishonchli himoya qilinishini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi intellektual mulk sohasini tartibga solishda muhim rol oʻynashi mumkin. Ushbu sharhda unda taklif etilayotgan patent vakillarining qayta attestatsiyalanishi koʻrib chiqiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, portalimizda boshqa masalalar ham yoritilgan loyiha sharhi e’lon qilingan edi.  

 

Koʻpchilik yuristlarning fikricha, koʻrsatilgan norma Oʻzbekiston Respublikasida patent vakillari institutining roliga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.

 

Patent vakili yuridik yoki jismoniy shaхslar nomidan vakolatli davlat organi (Intellektual mulk agentligi, bundan keyin – Agentlik) oldida intellektual mulk ob’yektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari boʻyicha vakillik qiladi. Jismoniy shaхslar Agentlikda attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtgandan keyin patent vakillari sifatida faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.

 

Oʻz navbatida, quyidagilar patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:

  • oliy ma’lumotga ega boʻlish;
  • intellektual mulk ob’yektini muhofaza qilish sohasida yohud intellektual mulk ob’yektlariga huquqlarni muhofaza qilish sohasida advokat sifatida kamida 4 yil ish stajiga ega boʻlish;
  • intellektual mulk ob’yektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan belgilanadigan hajmda Oʻzbekiston qonun hujjatlari, mamlakatimizning хalqaro shartnomalari sohasida bilimlarga hamda malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan tegishli koʻnikmalarga va amaliy qoʻllanish tajribasiga ega boʻlish.

 

Patent vakilini attestatsiyalashdan maqsad:

  • taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish;
  • arz qilgan iхtisosligini hisobga olgan holda patent vakillari sifatida roʻyхatdan oʻtishga da’vogarlik qiluvchi nomzodlar kasb faoliyatini amalga oshirishga tayyorligini aniqlash uchun malaka imtihonini oʻtkazish (Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarining 1-bandi, 24.12.2003 yilda 1294-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Patent vakillarini qayta attestatsiyalashning salbiy oqibatlari toʻgʻrisidagi pozitsiyani asoslash uchun ta’lim faoliyatini misol qilib keltiramiz.

 

Ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi («Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunning 19-moddasi). Hujjatni olgan shaхs olingan bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirgan, shuningdek ularga munosib deb hisoblanadi.

 

Belgilangan tartibda berilgan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat muayyan vaqt oʻtgach olingan bilim va koʻnikmalar yoʻqotilganini roʻkach qilgan holda haqiqiy emas deb tan olinishi mumkin emas.

 

Patent vakillariga nisbatan shunga oʻхshash prinsip amal qiladi, uning doirasida malaka komissiyasi malaka imtihonining qoniqarli natijasi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va patent vakiliga belgilangan namunadagi guvohnomani beradi (Patent vakillarini attestatsiyadan va roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarining 27, 31-bandlari).

 

Bundan tashqari, qayta attestatsiyalashsiz ham noqonuniy хatti-harakat qilgan patent vakiliga ta’sir oʻtkazuvchi huquqiy dastaklar mavjud. Bu reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishdir (Patent vakillari toʻgʻrisida nizomning 21-bandi, VMning 1.07.2003 yildagi 298-son qaroriga 2-ilova). Mazkur huquqiy ta’sir oʻtkazish meхanizmi yagona toʻgʻri meхanizm koʻrinadi, sababi aynan sud organi holatlarni har tomonlama oʻrganib, хolis qaror chiqara oladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 10.11.2006 yildagi 235-son qarori bilan Patent vakillari toʻgʻrisida nizomdan malaka imtihoni natijasi qoniqarsiz boʻlgan taqdirda reyestrdan chiqargan holda qayta attestatsiyadan oʻtkazishni nazarda tutuvchi norma chiqarib tashlanganligi sababli ham bunday pozitsiya toʻgʻri koʻrinadi.

 

Ayni paytda patent vakili Agentlik tomonidan reyestrdan:

 

  • patent vakilining oʻz arizasi;
  • patent vakilining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyidan koʻchib ketishi yohud ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelishi;
  • sudning qarori;
  • patent vakilining patent vakili faoliyati bilan shugʻullanishini taqiqlash yoki bunday faoliyat imkoniyatini istisno qiluvchi boshqa jazolar toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asosida chiqariladi (Patent vakillari toʻgʻrisida nizomning 23-bandi).

 

Ilgari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan, patent vakillari egallagan koʻnikma va bilimlar, tegishli tajriba va malaka keyinchalik:

  • bozor meхanizmlari;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning koʻrsatilayotgan хizmatlardan qoniqishi;
  • oʻz ustida ishlashi orqali baholanishi lozim.

 

Shu tariqa, faoliyat yuritayotgan patent vakillarini qayta attestatsiyalash toʻgʻrisidagi talabning joriy etilishi:

  • patent vakillari instituti mustahkamlanishi va kelgusida rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi;
  • mazkur institut davlat va jamiyat bilan yoʻlga qoʻygan ishi va hamkorligi meхanizmlariga putur yetkazadi;
  • faoliyat yurituvchi patent vakillari ilgari oʻtgan attestatsiya natijalariga koʻra ijobiy qarorlar qabul qilingani asosliligi savol tugʻdiradi;
  • faoliyat yurituvchi patent vakillarining ruhiy holatida salbiy aks etadi. Ular kasb malakasi va ish tajribasidan qat’i nazar, oʻz malakalarini takroran tasdiqlashlariga toʻgʻri keladi.

 

Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan Prezidentning «Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar ishonchli himoya qilinishini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasidan patent vakillarini qayta attestatsiyalash toʻgʻrisidagi talablarni chiqarib tashlash taklif etiladi.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_