Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Pensiyaning me’yori va ta’minoti qanday boʻladi

31.01.2018

Mamlakatimizda  2015-2017 yillarda «Pensiya» dastur majmuasi negizida pensiya ta’minoti boʻyicha idoralararo yagona «Nafaqa» aхborot tizimi joriy etildi. «Nafaqa» tizimi qogʻoz ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olishni bekor qilishi bilan keksa kishilarga qulaylik tugʻdirmokda.  

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining (rasmiy pfru.uz sayti) «Pensiya» dastur majmuasi pensiya va nafaqa oladigan 2,5 million pensioner va 237 ming fuqaroga tegishli yagona ma’lumotlar bazasidir.

 

Mehnat faoliyatini yakunlagan har bir insonni, eng avvalo, unga qancha pensiya tayinlanishi oʻylantirmokda. Umuman olganda, ijtimoiy ta’minotning mazkur turi ishlayotgan har bir kishini befarq qoldirmaydi. Ammo bu borada ba’zan tushunmovchiliklar, muammolar yuzaga kelib turadi.

 

Sir emaski, ayrim yurtdoshlarimiz chet elda ishlagan. Ularni   ish staji va pensiya me’yori qanday  boʻladi? Agarda mamlakatimiz fuqarosi Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali shartnoma tuzib, chet elda yollangan holda ishlasa va Pensiya jamgʻarmasiga oʻrnatilgan tartibda sugʻurta badallarini toʻlasa (har oyda eng kam ish haqi miqdorida), uning ish staji va toʻlagan sugʻurta badali pensiya tayinlanganda hisobga olinadi. 

 

Aliya YuNUSOVA,

Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputati,

 OʻzXDP fraksiyasi a’zosi