Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Oʻzini oʻzi band qilganlar ishi toʻgʻrisida 15 ta muhim savolNima uchun YaTTning yollanma ishchilarini roʻyхatdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish lozimYangi QQS toʻlovchilarini soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom sharhi

PJ ishlovchi pensionerlarga 100% pensiya toʻlashni taklif etmoqda

13.06.2018

Rus tilida oʻqish

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2019 yil 1 yanvardan boshlab ishlovchi pensionerlarga toʻliq hajmda pensiya toʻlashni taklif etmoqda. Material Moliya vazirligining saytida joylashtirilgan.



Amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq ishlovchi pensionerlarga pensiyaning 50%i toʻlanadi (ayrim toifadagi shaхslar bundan mustasno).  



2018 yil 1 maydagi holatga koʻra Oʻzbekistonda pensiya va nafaqalar oluvchilar soni 3,3 mln kishidan ortiqni tashkil etadi, ularning 103,1 ming nafari (yoki 3,2%i) ishlovchi pensionerlar hisoblanadi.  



Materialda qayd etilishicha, toʻliq miqdorda pensiya oladigan ishlovchi pensionerlar sonini oshirish choralari koʻrilgan. Agar 2017 yil 1 apreldagi holatga koʻra pensionerlarning atigi 4 ta toifasi (I–II guruh nogironlari, urush qatnashchilari, fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning maslahatchilari) toʻliq miqdorda pensiya olish huquqiga ega boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib mazkur toifalar soni 31 taga yetkazilgan. Bu bilan toʻliq miqdorda pensiya oladigan ishlovchi pensionerlar soni 26,7 ming kishini (yoki ishlovchi pensionerlar umumiy sonining 26%ini) tashkil etdi.



Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, ishlovchi pensionerlarga pensiyani 50% miqdorida toʻlash amaliyotidan voz kechish qoʻshimcha ravishda 363,0 mlrd soʻm ajratishni talab etadi. Ushbu mablagʻlarni Jamgʻarma daromadlari toʻliq tushishini ta’minlash, shuningdek fuqarolarni ijtimoiy sugʻurta tizimiga jalb etish va ish oʻrinlarini legallashtirish hisobiga topish rejalashtirilmoqda.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_