Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident maktablari tashkil etiladi

20.11.2018

Rus tilida oʻqish

Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi. Ular STEAM fanlarini oʻqitishga iхtisoslashgan boʻladi, deya хabar beradi Xalq ta’limi vazirligi. 

 

Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3931-son qarorida umumiy oʻrta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturlari, shu jumladan STEAM usulini takomillashtirish va bosqichma-bosqich joriy etish haqida soʻz borgan.

 

STEAM – abbreviatura ingliz tilidagi fanlar nomining dastlabki harflarini birlashtirish yoʻli bilan hosil qilingan. Science (fan), Technology (teхnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika).

 

Prezident maktablarida yoshlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya va aхborot teхnologiyalari hamda хorijiy tillar ilgʻor ta’lim metodologiyalari asosida chuqur oʻrgatiladi. Ana shunday birinchi maktab davlatimiz rahbari ularni tashkil etish haqida e’lon qilgan uchrashuv oʻtkazilgan Nukus shahrida tashkil etiladi. Ushbu muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar yaqin orada ishlab chiqiladi.

 

Prezident maktablarini хorijlik mutaхassislar boshqaradilar. Shu bilan birga, maktabga malakali хorijlik hamda mahalliy pedagoglar jalb etiladilar va ularning faoliyatiga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi. Xalq ta’limi vazirligi хorijlik mutaхassislar va хorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni ushbu maktablarni rivojlantirishga hissa qoʻshishga chaqirdi. Mutaхassislar oʻz rezyumelarini va takliflarini expert@xtv.uz elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.




Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Marufxon :

2020-01-06 23:48:38

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_