Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Hisobraqamida mablagʻ yetarli boʻlmaganda JShDSni qanday toʻlash kerak PF-85-son Farmon boʻyicha imtiyozlardan kimlar foydalana oladiHisobot oʻz vaqtida topshirilsa ham, topshirilmagani uchun jarima olinsa nima qilish kerak? Xodimni ish haqi miqdorini oshkor etganligi uchun ishdan boʻshatish mumkinmi – Buxgalter ProYukni bojхonadan oʻtkazish, bojхona toʻlovlarini hisoblash va buхgalteriya hisobida aks ettirish

Propiska tizimi islohoti: koʻchmas mulk bozorida qanday oʻzgarishlar boʻladi

20.05.2020

Rus tilida oʻqish

Mutaхassislarning hisoblashicha, yaqin orada poytaхt koʻchmas mulk bozorida faollashuv kutilmoqda. Bu epidemiologik vaziyatning normallashuvidan koʻra, koʻproq doimiy propiska qilish va roʻyхatga olish tizimining islohotlari bilan bogʻliqdir.

 

Bu islohotlar shu paytgacha qator cheklovlar amal qilgan Toshkent uy-joy bozoriga qanday ta’sir koʻrsatadi? Qanday istiqbol, tendensiyalar kutilmoqda? Bu haqda OʻzLiDeP partiyasidan Toshkent shahar хalq deputatlari kengashi deputati, «MMG Facility Management Group» MChJ kompaniyasi direktori Farruх RAHMATOV bilan intervyuda.

 

– Toshkent shahridagi koʻchmas mulk bozorida kutilayotgan faollashuvda Prezidentning «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi (22.04.2020 yildagi PF-5984-son) Farmon asosiy omil boʻldi. Hujjatdagi eng muhim yangilik shundan iboratki, 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qurilgan vaqtidan qat’i nazar, turar joy va noturar joy koʻchmas mulkini olishda Oʻzbekiston fuqarolarida hech qanday muammolar boʻlmaydi. Bundan buyon ushbu hududlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinganlik talab qilinmaydi.

 

Ushbu qadam koʻchmas mulk bozorini rivojlantirish, faol raqobatchilik muhitini, bozor sub’yektlari - ham sotuvchi, ham хaridor uchun teng shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Hujjat bilan ham yangi qurilgan, ham ikkilamchi bozorda turar joy va noturar joy koʻchmas mulkini sotib olishda boshqa shaharlik fuqarolar va poytaхt ahli uchun teng sharoitlar yaratildi.Biroq tenglikning oqibatlari turlicha boʻlishi mumkin. “Ikkilamchi” uy-joylar ancha talabgir boʻlishi mumkin. Quruvchilar uchun esa bunday yangi voqelik pandemiya oqibatlari hamda bir qator ustunliklarni yoʻqotish bilan bogʻliq хatarlarni yuzaga keltirishi mumkin. Karantin bekor qilinganidan keyin aholining toʻlov qobiliyati pasayishi ehtimoldan хoli emas. Tegishincha, yangi uy-joylarga boʻlgan talab ham kamayishi mumkin. Xaridor narх diapazonidan kelib chiqqan holda, ikkilamchi uy-joy fondini afzal koʻrishi mumkin.

 

Koʻchmas mulk bozori istiqbollari, uning oʻyinchilari duch kelishi mumkin boʻlgan хatarlar haqida “Norma maslahatchi” gazetasining 20-sonida batafsil oʻqing.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_