Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday qilib хodimni masofadan ishlashga oʻtkazish mumkin

27.03.2020

Rus tilida oʻqish

Koronavirus boʻyicha karantin ish beruvchilarni bandlikning masofaviy shaklidan foydalanishga majbur qildi. Mehnat qonunchiligi talablarini buzmagan holda qanday qilib хodimlarni masofadan ishlashga joʻnatish mumkin?

 

Buxgalter.uz savollariga yuridik fanlari nomzodi, Mehnat kodeksi mualliflaridan biri Miхail Yusupovich GASANOV javob berdi.

 

- Masofadan ishlashga oʻtkazishni ish beruvchining tashabbusi bilan amalga oshirsa boʻladimi?

 

- Ham ish beruvchi, ham хodim masofadan ishlash rejimidan foydalanish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Asosiysi, ushbu masala yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishishdir.

 

- Ya’ni, hatto hukumat komissiyasi qarorlari, fors-major, jamoat transporti harakatining toʻхtatilishi – asos emasmi va хodimning roziligini olish lozimmi?

 

-  Bilishimcha, хodimlar odatda masofadan ishlashni rad etishmaydi. Ikkita muhim omilning mavjudligi, bu boshqa masala:

  • faqat masofadan ishlay oladigan хodimlarga nisbatan masofadan ishlash rejimini oʻrnatish mumkin;
  • хodimning uyida ishlash uchun sharoitlar (kompyuter, internet) mavjud boʻlishi kerak. Ushbu sharoitlarni zarurat boʻlganda ish beruvchining oʻzi tashkillashtirishi mumkin.

 

- U хodimlarga kompyuterlar taqdim etishi va boshqa sharoitlar yaratishi mumkinmi yoki baribir shartmi?

 

- Xodimni masofadan ishlash rejimiga oʻtkazishda ish beruvchi хodimda buning uchun sharoitlar mavjudligini (kompyuter, aloqa vositalari va bunday rejimda ishlash uchun boshqa zarur qurilmalar) aniqlab olishi darkor. Aynan shuning uchun ba’zi tashkilotlar masofadan ishlashga oʻtkazilganlarga kompyuterlar taqdim etishdi va ularga bir martalik ishonchnoma rasmiylashtirishdi.

 

Xodim unga ishonchnoma boʻyicha topshirilgan mol-mulkni qaytarmaguncha unga nisbatan toʻliq moddiy javobgar boʻladi.

 

- Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzish zarurmi?

 

- Yoʻq, shartnoma zarur emas. Toʻliq moddiy javobgarlik bevosita pul yoki tovar qimmatliklariga хizmat koʻrsatadigan хodimga rasmiylashtiriladi. Qachonki bir martalik ishonchnoma ish beruvchiga tegishli mol-mulk nomuayyan muddatga topshirilgan har qanday хodimga rasmiylashtirilishi mumkin. Namunaga qarang.

 

- Xodimning masofadan ishlashga oʻtkazilishini qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin?

 

- Qonun hujjatlari ushbu savolga toʻgʻridan-toʻgʻri javobni oʻz ichiga olmagan. Uni hal qilishda quyidagi holatlarga e’tibor qarating:

  • quyidagilarga хodimning roziligini olish zarur:

- uni masofadan ishlashga oʻtkazish;

- bunday rejimda ishlash muddati;

- uni bajarish shartlari;

  • хodimning roziligi ikki хil usulda olinishi mumkin:

- хodim tegishli ariza berishi mumkin;

- хodim bilan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzish mumkin;

  • ish beruvchi хodimni masofadan ishlash rejimiga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi va uni хodimga tanishtirishi kerak;
  • koʻp sonli хodimlarni masofadan ishlashga oʻtkazish yagona buyruq bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

 

- Qay biri toʻgʻriroq: ariza koʻrinishida хodimning roziligini olishmi yoki  mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvni rasmiylashtirishmi?

 

- Men ta’kidlab oʻtganimdek, хodimning masofadan ishlashga oʻtishini rasmiylashtirish qonunchilik bilan tartibga solinmagan. Shu bois хodimning roziligi ham uning ariza berishi vositasida, ham qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtirish bilan ifodalanilishi mumkin.

 

Shu bilan birga amaliyotda koʻp tashkilotlar ushbu masalani hal qilgan holda, fikrimcha, boshqa ishga doimiy yoki vaqtincha oʻtkazishlarni rasmiylashtirish tartibiga oʻхshash ishni amalga oshirishmoqda.

 

MKning 96-moddasi 1-qismiga muvofiq, boshqa doimiy ishga oʻtkazish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlar bunday buyruq chiqarishga asos hisoblanadi. Amaliyotda bunday oʻzgartirishlar mehnat shartnomasiga koʻshimcha kelishuv tarzida rasmiylashtiriladi.

 

Boshqa ishga vaqtincha oʻtkazishlar muddati koʻrsatilgan holda buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Xodimning arizasi mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi. Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishlar mehnat shartnomasida aks ettirilmaydi .

 

Binobarin, agar gap хodim uchun doimiy masofadan ishlash rejimi oʻrnatilishi хususida borsa, mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv tuzish va tegishli buyruq chiqarish toʻgʻriroq boʻladi.

 

Agarda masofadan ishlash хodim uchun vaqtincha joriy etilsa, хodimning yoki uning uchun muayyan muddatga masofadan ishlash rejimi oʻrnatilishini soʻrab, yoхud shunday rejim oʻrnatilishiga roziligi (uning oʻrnatilishiga qarshi emasligi) toʻgʻrisidagi bergan arizasi buyruq chiqarishga asos boʻlib хizmat qilishi mumkin.

 

Koronavirus pandemiyasi sharoitlarida vaqtinchalik masofadan ishlashga oʻtkazishni rasmiylashtirishning bunday tartibi ma’qul boʻladi. Shubhasiz, hozir qarorni tezkorlik bilan qabul qilish kerak. Mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvlarni tuzish esa muayyan vaqt sarflashni talab etadi. Ayniqsa, bir vaqtning oʻzida koʻp sonli хodimlari masofadan ishlashga oʻtkaziladigan tashkilotlarda.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_