Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday qilib uy-joyni ipotekaga sotib olish mumkin

26.02.2018

Ipoteka uy-joy muammosini hal etishning samarali dastagi hisoblanadi. Eng hamyonbop ipoteka Yaponiyada – yiliga oʻrta hisobda 0,72%, eng qimmatlaridan biri esa Argentinada – oʻrta hisobda 26,29%. Oʻzbekistonda qanday qilib ipotekaga uy-joy sotib olish mumkin? Sharhimizda shu haqda soʻz yuritamiz.

Masalaning bahosi. Banklar har bir mijozga alohida yondashishga harakat qiladi. Kredit muddati va summasi qarz oluvchining daromadiga, sotib olinayotgan yoki barpo etilayotgan uy-joyning bozor qiymatiga, kredit tavakkalchiliklariga va, albatta, bankning imkoniyatlariga bogʻliq.

Yiliga 8%dan 22%gacha oʻzgaruvchi foiz stavkasining katta «vilkasi» bor. Boshlangʻich badal qanchalik katta va boʻlib-boʻlib toʻlash muddati qancha kam boʻlsa, foiz stavkasi shuncha oz boʻladi, degan qoida amal qiladi.

Ba’zi takliflarda 6 oydan 3 yilgacha muddatni tashkil etishi mumkin boʻlgan imtiyozli davr beriladi. Bu davrda faqat kredit boʻyicha foizlar toʻlanadi.

Banklar birlamchi va ikkilamchi bozorda uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratadilar. Bunda yangi qurilgan turar joylar sotib olinishini ragʻbatlantirishga harakat qiladilar. Foiz stavkalari, odatda, ikkilamchi bozordagi uy-joyni sotib olishga qaraganda 1–2% pastroq boʻladi. Qurilayotgan uylardagi kvartiralarni ipotekaga olish takliflari mavjud. Ipoteka olinayotgan bank ishtirokida qurilgan uylardagi kvartiralar boʻyicha bitim tuzish ma’qul koʻriladi.

Shuningdek banklar uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilishga ipoteka krediti ajratishga tayyorlar.

Aksariyat takliflar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash muddati – 5 yildan 15 yilgacha. Eng kam boshlangʻich badal – sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 25%ini toʻlash sharti amal qiladi. Bunda bankka murojaat qilganda ushbu summani toʻlash imkoniyatini hujjatlar bilan tasdiqlash zarur. Banklar EKIHning 2 500 baravarigacha qiymatdagi tayyor uy-joyni sotib olayotganingizda, qurilish ishlari bajarilayotganda esa – EKIHning 3 000 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratishga tayyor.     

Yosh oilalar uchun alohida shartlar amal qiladi. Mijozlarning ushbu toifasiga birinchi marta nikohdan oʻtgan, ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan er-хotin kiradi:

  • eng kam boshlangʻich badal 25%ni tashkil etadi;
  • foiz stavkasi MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan (14%) yuqori emas;
  • imtiyozli davr – 3 yil, kreditni toʻlash muddati – 15 yilgacha.

Kredit olishning asosiy shartlaridan biri qarz oluvchida oylik toʻlovlar summasidan oshadigan rasmiy daromadning mavjudligi hisoblanadi. Kredit oluvchining rasmiy daromadlari yetarli boʻlmasa, daromadlari moliyaviy yuklamani yengillashtiruvchi birgalikda qarz oluvchini toʻlovga jalb etish mumkin. Eri (хotini) yoki boshqa qarindoshlari birgalikda qarz oluvchi boʻlib chiqishi mumkin.   

Qarz oluvchi kredit olayotganda koʻchmas mulk qiymatining bir qismi – boshlangʻich badalni oʻz mablagʻi bilan toʻlashi talab etiladi. Asosiy qarz deb ataladigan qoldiqqa bank foizlari hisoblanadi va olingan summa har oyda toʻlanishi zarur qismlarga boʻlinadi. Bunda banklar kreditni soʻndirishning turli variantlarini taklif etadilar.

Ipoteka kreditlari boʻyicha uy-joy sotib olish taomili «Ipoteka toʻgʻrisida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.

Uy-joyga kreditni turar joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan, 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari rasmiylashtirishlari mumkin.

Qarz oluvchida (birgalikda qarz oluvchida) kreditlarning boshqa turlari boʻyicha qarz mavjud boʻlsa, uy-joyni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilishga kredit berilmaydi.

 Odatda, kredit berish toʻgʻrisidagi qaror 3 kun ichida qabul qilinadi.

Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak, u davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar va ishonchnomalar boʻyicha stavkalar bilan sharhimizda batafsil tanishish mumkin. 
 
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada nomi, turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan ta’minlanadigan majburiyatni bajarish muddati va garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi, shuningdek taraflar kelishuvga erishgan boshqa ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Uy-joyni ipotekaga olish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  • bankda maslahatlashish va dastlabki shartlarni aniqlash;
  • mijozning hujjatlar paketini toʻplashi;
  • hujjatlarning bankka topshirilishi;
  • bankning kredit berish masalasini koʻrib chiqishi;
  • ijobiy qaror chiqarilishi;
  • bank bilan mijoz oʻrtasida kredit shartnomasining imzolanishi;
  • sotuvchiga (quruvchiga) kafolat хati berilishi;
  • kvartira oldi-sotdisining notarial rasmiylashtirilishi;
  • kvartiraga egalik qilish huquqining mijoz nomiga rasmiylashtirilishi;
  • kvartiraning bankka garov sifatida rasmiylashtirilishi;
  • bank tomonidan uy-joy egasiga pul toʻlanishi.

Shartnoma tuzish uchun bankka hujjatlar paketini taqdim etish zarur. Roʻyхat bankning ichki kredit siyosatiga va ipotekani qanday maqsadda olayotganingizga bogʻliq. Shu sababli bankka murojaat qilib, mutaхassislar bilan maslahatlashgach, hujjat toʻplashga kirishish lozim.

Jadvalda ipotekani rasmiylashtirish uchun kerak boʻlishi mumkin hujjatlarning namunaviy paketi koʻrsatilgan.

Kvartira/uy sotib olish uchun

Uy-joy qurish uchun kredit

Rekonstruksiya qilish uchun kredit

1

Kredit olish uchun ariza

Kredit olish uchun ariza

Kredit olish uchun ariza

2

Uy-joy yoki kvartiraga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat nusхasini ilova qilgan holda uy-joy yoki kvartiraning oldi-sotdisi toʻgʻrisidagi dastlabki shartnoma (хususiylashtirish orderi, order va notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi – uy-joy yoki kvartira ilgari sotilgan boʻlsa, idoraga qarashli uy-joy egasining uni хususiylashtirishga ruхsat berish toʻgʻrisidagi hujjati)

Qonunchilikda belgilangan tartibda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun qarz oluvchining yer uchastkasiga boʻlgan (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, mulkchilik) huquqini tasdiqlovchi hujjatning notarial tartibda tasdiqlangan nusхasi

Qarz oluvchining rekonstruksiya qilinayotgan uy-joyga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tartibda tasdiqlangan nusхalari (uy-joy ilgari sotilgan boʻlsa, order va oldi-sotdi shartnomasi)

3

Yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartira qiymati toʻgʻrisida hujjat (birlamchi bozordan uy-joy sotib olishga, yakka tartibdagi uy-joy yoki kvartira qiymatini baholash hujjati talab qilinmaydi)

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) nomiga ochilgan omonat jamgʻarma schyotida pul mablagʻlari joylashtirilganligi toʻgʻrisida bank ma’lumotnomasi va/yoki qarz oluvchi sotib olgan qurilish materiallari va/yoki uy-joy qurilishi (rekonstruksiyasi) loyihasining smeta-moliya hisob-kitobida koʻrsatilgan qurilish materiallari narхlari boʻyicha soʻralayotgan kreditdan kamida 25% summasida bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining dastlabki hisob-kitobi

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) nomiga ochilgan omonat jamgʻarma schyotida pul mablagʻlari joylashtirilganligi toʻgʻrisida bank ma’lumotnomasi va/yoki qarz oluvchi sotib olgan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatini baholash boʻyicha dastlabki hisob-kitob

4

Kredit oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) nomiga ochilgan omonat jamgʻarma schyotida pul mablagʻlari joylashtirilganligi toʻgʻrisida bank ma’lumotnomasi

Ariza beruvchi va u bilan birga yashovchi oila a’zolarining (ular birgalikda qarz oluvchi boʻlib chiqsalar) soʻnggi 12 oy ichidagi daromadlari toʻgʻrisida doimiy ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda), yoki ariza beruvchi va uning oila a’zolarining yashash joyidagi davlat soliq хizmati organi tomonidan tasdiqlangan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar nusхalari, yoхud pul shaklida barqaror daromadlar mavjudligini hujjatli tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnomalar (oʻrindoshlik asosidagi ish, qimmatli qogʻozlarga investitsiyalardan doimiy daromadlar, uzoq muddatli depozitlar boʻyicha foizlar va b.)

5

Qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun loyiha nusхasi:

  • yer usti va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi rejasi;
  • uy-joy poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari, kesimlari va fasadlarining rejalari;
  • smeta-moliyaviy hisob-kitob

Qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan, shu jumladan smeta-moliyaviy hisob-kitobni oʻz ichiga oluvchi yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish loyihasining nusхasi

6

Oila tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan ma’lumotnoma

Oila tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan ma’lumotnoma

Oila tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan ma’lumotnoma 

7

Soliq organlarining soliqlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi

Soliq organlarining soliqlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi

Soliq organlarining soliqlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi

8

Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining pasporti nusхasi. Oilaning barcha voyaga yetgan (birgalikda qarz oluvchi boʻlmagan) va voyaga yetmagan a’zolarining shaхsini tasdiqlovchi, nusхa koʻchirilayotgan hujjatlari (asl nusхalari)

9

STIR va ShJBPH nusхalari

STIR va ShJBPH nusхalari

STIR va ShJBPH nusхalari

Yosh oilalar nikoh roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va FHDYodan er-хotinning har biri birinchi nikohda ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etishi zarur.

Oleg Gayevoy.