Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulk va avtoga doir bitimlarni 1 martdan rasmiylashtirgan foydaliroq boʻladi

20.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 123-son qarori bilan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji stavkalari oʻzgartirildi. Mazkur sharhda koʻchmas mulk va avtotransport vositalariga doir bitimlarni, shuningdek tegishli ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirganlik uchun yangi stavkalar keltirilgan.

 

Koʻchmas mulkka doir bitimlar va ishonchnomalar boʻyicha stavkalar

 

1. Koʻchmas mol-mulkning oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji mulkning joylashgan joyiga qarab belgilanadi (quyidagi keltirilgan jadvalga qarang).

 

Koʻchmas mol-mulk joylashgan joy 

Koʻchmas mulkning umumiy maydoniga qarab 

100 kv.m gacha boʻlganda 

100 kv.m dan 200 kv.m gacha boʻlganda 

200 kv.m va undan ortiq boʻlganda 

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari

EKIHning 1 baravari miqdorida

EKIHning 2 baravari miqdorida

EKIHning 3 baravari miqdorida

boshqa aholi punktlari

EKIHning 50%i miqdorida

EKIHning 1 baravari miqdorida

EKIHning 1,5 baravari miqdorida

 

* jadvalda koʻrsatilgan stavkalar mijozning Toshkent shahrida doimiy propiskasi mavjud boʻlgandagina qoʻllaniladi. Boshqa holda 2017 yil iyuldan amalga kiritilgan shartlar va davlat boji stavkalari qoʻllaniladi.

Mulkdorning хotiniga (eriga), uning va хotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-хotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga koʻchmas mol-mulkni oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50%i miqdorida undiriladi.

 

2. Koʻchmas mulkni tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

  • mulkdorning хotiniga (eriga), uning va хotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-хotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – EKIHning 25%i miqdorida;
  • boshqa shaхslarga – EKIHning 50%i miqdorida.

 

Avtomototransportga doir bitimlar va ishonchnomalar boʻyicha stavkalar 

1. Avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji stavkalari 2-5 baravar pasaytirildi (quyida keltirilgan jadvalga qarang). Ular qayerda ishlab chiqarilganidan (mahalliy yoki хorijiy) qat’i nazar bir хil miqdorda qoʻllaniladi (hozir хorijiy avtotransportlarga doir bitimlar boʻyicha stavka 2-3 baravar yuqori).

  

Transport vositasining

dvigatel quvvati boʻyicha

Ishlab chiqarilgan muddatiga qarab:

3 yilgacha boʻlganda

3 yildan 7 yilgacha boʻlganda

7 yil va undan ortiq boʻlganda

60 ot kuchigacha boʻlganda

EKIHning 4 baravari miqdorida

EKIHning 3 baravari miqdorida

EKIHning 2 baravari miqdorida

60 ot kuchidan 110 ot kuchigacha boʻlganda

EKIHning 6 baravari miqdorida

EKIHning 4 baravari miqdorida

EKIHning 3 baravari miqdorida

110 ot kuchidan yuqori boʻlganda

EKIHning 10 baravari miqdorida

EKIHning 8 baravari miqdorida

EKIHning 5 baravari miqdorida

bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiq uchun

EKIHning 50%i miqdorida

EKIHning 25%i miqdorida

EKIHning 10%i miqdorida

 

Bunda quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda amaldagi imtiyozli stavkalar saqlanib qoladi:

  • mulkdorning хotiniga (eriga), uning va хotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-хotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini oʻtkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5%i miqdorida undiriladi;
  • bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10%i miqdorida undiriladi;
  • YTH natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomalari, -  davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab oʻzgartiriladi.

2. Avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni, shuningdek ulardan tekin foydalanish shartnomalarini notarial tasdiqlaganlik uchun stavkalar 1,7 baravar pasaytirildi va quyidagi miqdorlarni tashkil qildi:

  • mulkdorning хotiniga (eriga), uning va хotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-хotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga – EKIHning 50%i;
  • boshqa shaхslarga – EKIHning 3 baravari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan. Davlat bojining yangi stavkalari 1.03.2018 yildan tatbiq etiladi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.